Mamlakatimizda sud tizimidagi islohotlar
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tashkil etilganining 20-yilligiga bag‘ishlangan mazkur anjuman O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Oliy sud huzuridagi sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markazi, YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, sud va huquq-tartibot organlari mas’ul xodimlari, huquqshunos olimlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, Janubiy Koreya, Malayziya, Vengriya, Belgiya, Indoneziya, Rossiya, Tailand, Pokiston, Armaniston, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkiya kabi davlatlarning Konstitutsiyaviy sudlari va konstitutsiyaviy nazoratni amalga oshiruvchi idoralarining rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi B.Mirboboyev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab huquqiy demokratik davlat barpo etish asosiy maqsad etib belgilangani va o‘tgan davr mobaynida bu hayotga izchil tatbiq etilayotganini alohida ta’kidladi.
Bu jarayonda inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadigan fuqarolik jamiyati asoslari mustahkamlandi. Bunda mamlakatimiz iqtisodiyotini mafkuradan xoli etish va uning siyosatdan ustunligini ta’minlash, davlat bosh islohotchi vazifasini bajarishi, qonun ustuvorligiga erishish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma-bosqich va tadrijiy amalga oshirishga qaratilgan, jahonda taraqqiyotning “o‘zbek modeli” sifatida e’tirof etilgan rivojlanish tamoyillari muhim dasturilamal bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida huquqiy davlatning muhim prinsipi – hokimiyatlar bo‘linishi mustahkamlab qo‘yilgan. Jumladan, Asosiy qonunimizning 11-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi.
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida qayd etilganidek, o‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar muhim maqsadga, ya’ni, hokimiyatlar bo‘linishi konstitutsiyaviy prinsipini hayotga izchil tatbiq etish, hokimiyatlar o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish, markazda va joylarda qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining vakolatlari hamda nazorat vazifalarining rolini kuchaytirish, sud tizimini liberallashtirish va uning mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha g‘oyat dolzarb chora-tadbirlarni ko‘rishga qaratilgan.
Ushbu prinsip hayotga joriy etilishi tufayli mamlakatimizda xalqchil va demokratik davlat hokimiyati tizimi shakllandi. Sud hokimiyati, jumladan, uning markaziy bo‘g‘ini – Konstitutsiyaviy sud davlat hokimiyatining mustaqil tarmog‘i sifatida qaror topdi. Konstitutsiyaviy sud ayrim normativ-huquqiy hujjatlarning Asosiy qonunimizga mosligini aniqlash, Konstitutsiya va qonunlarning normalariga sharh berish, qonunchilik tashabbusini amalga oshirish vakolatlari vositasida hokimiyat tarmoqlari bo‘linishi prinsipini ta’minlash hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida izchil faoliyat yuritayotir.
Konferensiyada O‘zbekistonda hokimiyatlar bo‘linishi konstitutsiyaviy prinsipini izchil va tizimli ravishda amalga oshirishda hokimiyat tarmoqlari o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining ta’minlanayotgani davlat va jamiyat oldida turgan vazifalarni hal etishda muhim omil bo‘layotgani alohida qayd etildi.
Mahalliy va xorijiy ekspertlarning fikricha, konstitutsiyaviy odil sudlov – demokratik davlatchilikning muhim belgisidir. Konstitutsiyaviy odil sudlov konstitutsiyaviy nazoratning oliy shakli bo‘lib, zamonaviy demokratik davlatchilikning alohida talabi, zarur instituti hisoblanadi. Konstitutsiyaning ustunligini ta’minlash hamda qonuniylik muhitini yaratish inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlashning ishonchli garovidir.
Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudi sudyasi Chang Jong Kimning fikricha, konstitutsiyaviy nazorat organlarining vakolatlarini kengaytirish, institutsional va vazifalarga doir mustaqilligini mustahkamlashga ko‘plab davlatlarda e’tibor qaratilmoqda. Ushbu idoralarning qarorlarini ijro etish bo‘yicha aniq mexanizmlarni joriy etish vositasida konstitutsiyaviy nazorat idoralarining hokimiyatlar bo‘linishi prinsipini amalga oshirishdagi rolini kuchaytirish tendensiyasi kuzatilmoqda.
– O‘zbekistonda sud-huquq tizimi har tomonlama puxta o‘ylangan va xalqaro standartlarning eng ilg‘or tajribalarini o‘zida mujassam etgan tizimli institut sifatida shakllangan, – deydi Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyaviy sudi sudyasi Mixail Kleandrov. – Umumiy yurisdiksiya sudlarining ixtisoslashgani, hakamlik sudlari tarmog‘i shakllangani ishlarni sifatli va samarali ko‘rib chiqishga xizmat qilmoqda. Konstitutsiyaviy sud qonun hujjatlarining Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko‘rish orqali har bir hokimiyat tarmog‘ining o‘z vakolati doirasida ish yuritayotgani, ularning hujjatlarida inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilinganiga baho beradi. Bularning barchasi huquqiy davlatning muhim sharti hisoblangan qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Malayziya Apellatsiya sudi raisi Tan Sri Raus Sharifning ta’kidlashicha, konstitutsiyaviy nazoratning samaradorligini ta’minlashda konstitutsiyaviy nazorat obyektlarini va ularni ko‘rib chiqish chegaralarini aniq belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda me’yorlarning sud nazorati har tomonlama qamrab olinishini ta’minlash dolzarb hisoblanadi. Konstitutsiyaga muvofiq bo‘lmagan biron-bir normativ-huquqiy hujjat sud nazoratidan chetda qolib ketmasligi, sud organlarining nazorat vakolatlari takrorlanmasligi lozim.
– O‘zbekiston bag‘rikeng diyor sifatida jahonga tanilgan, – deydi Pokiston Oliy sudi sudyasi Qozi Fayoz Iso. – Inson huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlar pirovardida bu mamlakatning gullab-yashnashiga yo‘l ochayotganiga guvoh bo‘ldik. Darhaqiqat, qayerda hokimiyat tarmoqlari zimmasiga qo‘yilgan vazifalar to‘laqonli ado etilsa, o‘sha yerda rivojlanish, taraqqiyot bo‘ladi. Bunda sudyalar zimmasiga ham alohida mas’uliyat yuklanadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy tizimni modernizatsiya etish jarayonlarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi alohida o‘rin tutmoqda. Huquqiy tizimni, demokratik qadriyatlarni muhofaza qilishda, ularni xalqimiz turmush tarziga singdirishda e’tiborga molik ishlar amalga oshirilayotir. Kelgusida Konstitutsiyaviy sud faoliyatining yanada takomillashtirilishi sudlov jarayonlarining modernizatsiya qilinishi va demokratlashuviga, konstitutsiyaviy odil sudlovning ochiqligi va shaffofligini ta’minlashga, inson huquq va erkinliklarining samarali va o‘z vaqtida himoyalanishini mustahkamlashga qaratilishi lozim.
– O‘zbekistonda hokimiyatning har uchala tarmog‘i o‘ziga xos mukammal shakllantirilgan, – deydi Tailand Konstitutsiyaviy sudi sudyasi Tvekiat Menakanist. – Ular o‘z vazifalarini qonunda belgilangan asosda hamda fuqarolar manfaati yo‘lida o‘zaro hamkorlikda olib borayotgani mamlakatda barqarorlik, farovonlik qaror topishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Konferensiyada Konstitutsiyaviy sudning hokimiyatlar bo‘linishi prinsipini tatbiq etish va inson huquqlarini himoya qilishdagi roli va ahamiyati, konstitutsiyaviy odil sudlovning dolzarb masalalari, inson huquqlarini himoya qilish mexanizmini yanada takomillashtirish kabi masalalar muhokama qilindi. Xalqaro anjuman yakunlari bo‘yicha tegishli tavsiyalar qabul qilindi hujjatning ma’muriy harakatlar va protsessual hujjatlardan farqi Ma’muriy harakatlar – ma’muriy organning jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan ma’muriy- huquqiy faoliyat sohasida amalga oshirilgan, yuridik ahamiyatga ega harakatlari (harakatsizligi). Protsessual hujjat esa ma’muriy organ tomonidan ma’muriy ish yuritish davomida qabul qilinadigan, ma’muriy ishni mazmunan hal etmaydigan hujjatlar hisoblanadi. Protsessual hujjatlar ma’muriy hujjat qabul qilinmasdan avval ma’muriy ishni ko‘rib chiqish jarayonida qabul qilinadi. Protsessual hujjat ishni tugal shaklda hal qilib bermaydi. Masalan, litsenziya talab etiladigan faoliyat bilan shug‘ullanish uchun tegishli ma’muriy organning qarorini olish uchun murojaat qilish ma’muriy-huquqiy munosabatdir. Ma’muriy organ tomonidan qabul qilingan qaror ma’muriy hujjat bo‘lsa, qaror qabul qilingungacha bo‘lgan bosqichda ishni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq qabul qilinadigan hujjat protsessual hujjat hisoblanadi. Demak, ma’muriy hujjatlar boshqa hujjatlardan farq qilar ekan. Shunga ko‘ra ma’muriy hujjatlarni o‘zgartirish, bekor qilish va haqiyqiy emas deb topishning o‘ziga xos jihatlari mavjud. O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonuniga binoan Ma’muriy hujjat manfaatdor shaxsning arizasi yoki ma’muriy shikoyatiga ko‘ra ma’muriy hujjatni qabul qilgan ma’muriy organ, yuqori turuvchi ma’muriy organ tomonidan, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa organlar tomonidan ham bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin. Ushbu qonunga asosan ma’muriy hujjatni bekor qilish va o‘zgartirish uchun tashabbus manfaatdor shaxslar va hujjatni qabul qilgan organ tomonidan ham qabul qilinishi mumkin. Ma’muriy hujjatni bekor qilish yoki o‘zgartirish zaruriyati qonun hujjatlaridagi o‘zgartishlar, jamoat manfaatlariga bo‘lgan tahdidning oldini olish, ma’muriy hujjatning qonun hujjatlariga nomuvofiqligi aniqlanganligi sababli yuzaga kelgan hollarda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ma’muriy organ o‘zi qabul qilgan ma’muriy hujjatni o‘z tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga yoki o‘zgartirishga haqli hisoblanadi. Lekin ayrim hollarda ma’muriy hujjatni bekor qilish faqatgina sud tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Shu o‘rinda savol tug‘ilishi tabiiy: qaysi hollarda ma’muriy hujjat sud va ma’muriy organ tomonidan bekor qilinadi? Ma’muriy hujjatni faqat sud tomonidan bekor qilish qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yilishi kerak.
Ma’muriy organ tomonidan esa quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin: qonun talablariga muvofiq yoki bunday imkoniyat bevosita ma’muriy hujjatning o‘zida nazarda tutilgan bo‘lsa;
– agar keyinchalik o‘zgargan haqiqiy holatlar tufayli yoki qonun hujjatlaridagi o‘zgartishlar asosida jamoat manfaatlariga zarar yetishining oldini
olish maqsadida ma’muriy hujjatni bekor qilish zarur bo‘lsa;
– agar ma’muriy hujjat bilan qo‘shimcha maj- buriyatlar bog‘liq bo‘lsa va manfaatdor shaxs ularni bajarmagan bo‘lsa;
agar manfaatdor shaxs ma’muriy hujjat asosida o‘ziga berilgan pul mablag‘laridan, buyumdan yoki huquqdan maqsadli foydalanmayotgan bo‘lsa; agar ma’muriy hujjatni bekor qilish yoki o‘zgartirish ushbu hujjat yuborilgan manfaatdor shaxs foydasiga amalga oshirilsa va bunda boshqa manfaatdor shaxslarga qiyinchilik tug‘ilmasa. Shuni ta’kidlash lozimki, xuddi shunday mazmundagi ma’muriy hujjatni takroran qabul qilish uchun boshqa asoslar mavjud bo‘lgan hollarda ma’muriy hujjatni tegishli asoslarda bekor qilishga yoki o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yuqoridagilardan qisqacha xulosa qilgan holda ma’muriy huquqqa oid, ma’muriy hujjatlar borasida O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy tartib – taomillar to‘g‘risida”gi qonuniga bir qancha takliflar ishlab chiqildi.
Birinchidan, “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonunning 52-moddasiga binoan ma’muriy hujjatning yozma shaklda qabul qilinishi va boshqa shakllar to‘g‘risida qonun hujjatlarida maxsus belgilanishi tartibi keltirilgan.
Shunga ko‘ra agar boshqa shakl maxsus belgilanmagan bo‘lsa, ma’muriy hujjat, qoida tariqasida, yozma shaklda qabul qilinishi talab etiladi. Bu esa ma’muriy organlar tomonidan hamda huquqni qo‘llovchilar uchun biroz noqulay bo‘lishi mumkin. Shuning uchun qonunning o‘zida ma’muriy hujjatning elektron, belgili va boshqa shakllari to‘g‘risida tegishli qoidalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri belgilab qo‘yish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ikkinchidan, Germaniya Federativ Respublikasi, Turkmaniston, Qirg‘iziston va boshqa bir qator davlatlarda ma’muriy hujjatni bekor qilish, haqiqiy emasligi bilan bog‘liq masalalar alohida tartibga solinganini ko‘rish mumkin. Biroq O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonunida bu masalalarning barchasi bitta moddada berilgan bo‘lib, mazkur qoidalarni anglashda turli xil qarashlar yuzaga kelmoqda. Va bu qonunni tushunishni qiyinlashtirmoqda va turli chalkashliklarga sabab bo‘lmoqda. Ma’muriy hujjatning haqiqiyligi yuzasidan taklif etilayotgan mazkur qoidalar Germaniya Federativ Respublikasi va ayrim MDH davlatlarining ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi qonunida o‘z aksini topgan. Uchinchidan, qonunning barcha moddalarida “ma’muriy hujjat” degan so‘zlarni “ma’muriy akt” deb o‘zgartirish maqsadga muvofiqdir. Zero, ma’muriy akt va uning rasmiylashtirilish shakli bo‘lmish hujjat (dokument) bir xil tushuncha emas. Bundan tashqari, “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonunning bir qator me’yorlarida rus tilidagi “dokument” va “akt” so‘zlari o‘zbek tilida bir xilda “hujjat” tarzida keltirilganini ko‘rish mumkin. Shunga ko‘ra “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonunning o‘zbek tilidagi tahririda “ma’muriy hujjat”ni “ma’muriy akt” deb o‘zgartirish masalasini o‘rganib chiqish maqsadga muvofiq hi- soblanadi. To‘rtinchidan, ma’muriy hujjatni bekor qilish, o‘zgartirish va haqiyqiy emas deb topishni protsessual jihatdan yanada soddalashtirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va manfaatlari ustunligini ta’minlash maqsadida ularning manfaatlariga hal bo‘lishi lozim bo‘lgan ma’muriy hujjatlarni o‘zgarti- rish, bekor qilishning eng samarali va tezkor usullarini ishlab chiqish lozim.
Buxoro viloyat ma’muriy sudi sudyasi O.Rajabov