Konstitutsiyada tilga olingan yagona kasb egalari
2023-yil 30-aprelda o’tkazilgan umumxalq referendumiga ko’ra, Konstitutsiyamizdagi moddalar 128 tadan 155 taga, normalari esa 275 tadan 434 taga ko‘paymoqda. O‘zgartish va qo‘shimchalarda inson erki, qadr-qimmati asos qilib olindi. Jumladan, aybsizlik prezumpsiyasi, uy-joy daxlsizligi, qonunda cheklanmagan har qanday faoliyat turi bilan shug‘ullanish erkinligi, ishsizlikdan himoyalanish kabi normalar kiritildi.
Bugungi kunda yurtimizda ta’lim sohasiga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Buning yaqol misoli sifatida yangilangan konstitutsiyamizda o‘qituvchilarga katta e’tibor qaratilganligini olishimiz mumkin. Boshqa biror bir kasb nomi alohida konstitutsiyamizda ko’rsatilinmagan. Faqatgina o’qituvchilik kasbi yangilangan konstitutsiyamiz tilga olingan va konstitutsiyamizning 52-moddasi o’qituvchi kasbiga bag’ishlangan. Unda quyidagicha bayon qilingan:
“O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e’tirof etiladi.
Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.”
Shuni ham inobatga olish lozimki, ta’lim va ilm-fanga oid normalar qariyb 2 barobarga ko‘paygan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o‘qituvchilar va ta’lim tizimining ahamiyati haqida bir qator qoidalar mavjud. Ta’lim sohasiga oid asosiy tamoyillar, o‘qituvchilarning huquqlari va majburiyatlari quyidagi jihatlarni o‘z ichiga oladi:
1. Ta’lim huquqi: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ko‘ra, har bir fuqaro ta’lim olish huquqiga ega. Bu, o‘qituvchilarning ta’lim berishdagi roli va mas’uliyatini oshiradi.
2. O‘qituvchilarning huquqlari: O‘qituvchilar, o‘z ish faoliyatida mustaqil ravishda ta’lim berish, pedagogik jarayonni tashkil etish va o‘quvchilarning rivojlanishiga hissa qo‘shish huquqiga ega.
3. Ijtimoiy himoya: O‘qituvchilarni ijtimoiy himoya qilish, ularning mehnat sharoitlarini yaxshilash va kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanishi mumkin.
4. Ta’lim sifatini oshirish: O‘zbekiston hukumati ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan dasturlar ishlab chiqishi va amalga oshirishi, shuningdek, o‘qituvchilarning malakasini oshirishga e’tibor berishi zarur.
5. Yoshlar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi aloqalar: O‘qituvchilar yosh avlodni tarbiyalashda muhim rol o‘ynaydi, shuning uchun ularning ijtimoiy va madaniy faoliyatlarda ishtiroki ta’minlanishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ta’lim tizimini rivojlantirish va o‘qituvchilarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan muhim asoslarni belgilaydi. Bu, o‘z navbatida, mamlakatning kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega.
Buxoro tumanlararo ma’muriy
sudining raisi: A.B.Bobomurodov
Buxoro tumanlararo ma’muriy
sudining sudyasi: I.I.Xolov