GENDER TENGLIK

Gender tengligi va jinsiy tenglik, aniqrog‘i: erkaklar va ayollar o‘rtasidagi tenglik — bu oilada va jamiyatda erkaklar va ayollar o‘rtasida teng huquqlarga erishishni nazarda tutadigan tushuncha va boshqa qonuniy munosabatlar. Ba’zi tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra   gender tengligi — bu patriarxal tizimdan keyingi ijtimoiy-jinsiy munosabatlarning keyingi bosqichi. Gender tengligi tamoyili insonning shaxs sifatida paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiladigan barcha ijtimoiy to‘siqlarni o‘rganish va yo‘q qilish, shuningdek, hayotning barcha sohalarida erkaklar va ayollar shaxsiyatini anglash uchun teng ijtimoiy imkoniyatlarni yaratishdan iborat hisoblanadi. O‘zbekiston gender tengligi ko‘rsatkichi ro‘yxatida 2019 yildan boshlab qatnashishni boshladi. 2019 yil holati bo‘yicha O‘zbekistonning gender tengligi ko‘rsatkichi ro‘yxatdagi 189 mamlakat ichida 62-o‘rinni egalladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) ekspertlarining fikriga ko‘ra, O‘zbekistondagi har 100.000 dan
29 ayol gender tengsizlik tufayli vafot etishi ko‘rsatilgan.

O‘zbekistonda 2019 yil 2 sentabrda 562-sonli O‘zbekiston Respublikasi “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingan.  O‘zbekistonda Gender tenglik bo‘yicha Komissiya 2019 yildan boshlab ish yuritib keladi. Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasining raisi hisoblanadi.

Barchaga ma’lum, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015 yilning sentabrida Barqaror rivojlanish bo‘yicha o‘tkazilgan sammitida qabul qilingan 70-son rezolyusiyasiga muvofiq, shuningdek, 2030 yilgacha bo‘lgan davrda BMT Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Barqaror rivojlanishning Beshinchi maqsadini amalga oshirish doirasida “Gender tenglikni ta’minlash hamda barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish”ga oid to‘qqizta vazifani ishlab chiqdi.

Beshinchi maqsadning vazifalariga (Gender tenglik) muvofiq,
2030 yilga kelib barcha xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning har qanday shakliga barham berish, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda qarorlar qabul qilishning barcha darajalarida ayollarning to‘liq va samarali ishtirokini va yetakchilik qilish uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash zarur. Bundan tashqari, ushbu maqsad davlatning turli darajalarida Davlat dasturlarini qabul qilish jarayonida gender tenglik tamoyillarini joriy qilishni o‘z ichiga oladi.

So‘nggi yillarda gender tenglikni ta’minlash, ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi rolini oshirish bo‘yicha ishlar bir necha yo‘nalishlarda olib borilmoqda:

• ayollar huquqlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish;

• ayollarni himoya qilishning institutsional asoslarini takomillashtirish;

• aholining gender tenglik va ayollar huquqlari to‘g‘risida xabardorligini oshirish;

• huquqni qo‘llash amaliyotida ularga rioya etilishini ta’minlash uchun mas’ul mansabdor shaxslarni tegishli huquqiy me’yorlar asosida o‘qitish.

Buxoro tumanlararo ma’muriy

sudi sudyasi                                                                                           I.I.Xolov

Buxoro tumanlararo ma’muriy

sudi sudya yordamchisi                                                                         A.E.Narzullayev