Buxoro viloyati ma’muriy sudida “Ochiq eshiklar kuni»
Buxoro viloyat ma’muriy sudida Buxoro viloyat yuridik texnikum o‘quvchilari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil qilindi.Ochiq eshiklar kunida o‘quvchilar viloyat sudining sud zali, arxiv xonasi, devonxona, kabi xonalar bilan tanishib chiqishdi.
B. Ibragimov tomonidan o‘quvchilarga yurtimizda huquqiy demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganligini, jumladan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-sonli «Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida»gi farmoni qabul qilinganligini, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlar samaradorligini yanada takomillashtirish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar bilan uyg’un ravishda huquqiy bilimlarini oshirib borishning zamonaviy usullarini joriy etish, shuningdek, aholini, ayniqsa, yoshlarni zararli axborotlardan himoya qilish bo’yicha mustahkam huquqiy immunitetni shakllantirish lozimligini takidladi.
Buxoro viloyat ma‘muriy sudi sudayasi D.Choriyev tomonidan o‘quvchi – yoshlarga ummumiy yurisdiksiya sudlari va ularning vazifalari va sud tizimidagi islohatlar aytib o‘tildi.
Shu bilan birga o‘z kasbining qanchalik mashaqatli ekanligi haqida to‘xtalar ekan, kun davomida amalga oshiradigan ishlarini sanab o‘tib, o‘zining shaxsiy hayoti haqida ham qisqacha ma’lumot berdi.
Ochiq eshiklar kuni yuqori tassurotlarga boy holda o‘tildi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad yoshlar ongida huquqiy madaniyat va huquqiy ongni shaklantish qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalash va amaliy bilimlarini o‘quvchilarni texnikumdagi dars jarayonlarida qo‘llash bo‘yicha tushunchalar berib o‘tildi.
Buxoro viloyat ma’muriy sudi sudyasi B.Sadullayev