Inson huquqlarini ta’minlash — bosh maqsadimiz

Yurtimizda inson huquq va erkinligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga hamohang tarzda faoliyat yuritayotgan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi ham shu kabi ezgu ishlarni amalga oshirishga kamarbastalik qilmoqda. Joriy yil 31 oktyabrь kuni Markaz tashkil etilganligiga 18 yil to‘ladi. O‘tgan davr mobaynida mazkur Markaz o‘z oldidagi o‘ta dolzarb sanalgan milliy harakat rejasini tuzish, Konstitutsiyamiz, qonunlar va inson huquqlari sohasidagi umume’tirof etilgan xalqaro huquq me’yorlari qoidalarini amalga oshirish strategiyasini ishlab chiqish, inson huquqlari sohasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro va milliy tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirish, mamlakatimizda inson huquqlariga rioya etilishi va bu huquqlarning muhofaza qilinishi yuzasidan milliy ma’ruzalar tayyorlash, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga, shuningdek, inson huquqlari bo‘yicha jamoat birlashmalariga maslahatlar berish, inson huquqlarini rag‘batlantirish va muhofaza qilishning turli jihatlari yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazish kabi vazifalarni muvaffaqiyatli ado etib kelmoqda.
O‘zbekistonda qisqa tarixiy muddat ichida milliy davlatchilikni shakllantirishning huquqiy asoslari yaratildi. Mamlakatimiz barcha rivojlangan huquqiy davlatlardagi kabi uch hokimiyatga, ya’ni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga taqsimlandi. Xalq farovonligi yo‘lida kuchli huquqiy davlatdan fuqarolik jamiyati sari ildam qadam qo‘yish maqsadida erkin bozor munosabatlariga asoslangan kuchli iqtisodiyot barpo etildi. Shu tariqa, yurtimiz xalqaro huquqning to‘laqonli va teng huquqli sub’ektiga aylandi. Albatta, bularning barchasiga Prezidentimiz Islom Karimovning jonkuyarligi, tashabbuskorligi va rahnamoligi evaziga erishildi.
Inson huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishning ta’sirli vositasini barpo etish, xalqaro tashkilotlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikni kengaytirish, davlat muassasalari xodimlari va aholining inson huquqlari bo‘yicha madaniyatini oshirish maqsadida BMTning Inson huquqlari va boshqaruv tizimini demokratiyalashni qo‘llab-quvvatlash dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 31 oktyabrdagi Farmoni bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tuzildi. Farmonda Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazning maqsad va asosiy vazifalari aniq belgilab qo‘yildi.
1996 yil 13 noyabrdagi “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining qarori Milliy markaz faoliyatining tashkiliy-huquqiy asosi hisoblanadi. Ushbu qaror orqali Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi to‘g‘risidagi Nizom va Milliy markaz tuzilmasi tasdiqlangan.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi davlatga qarashli idoralararo tahlil, tushuntirish va muvofiqlashtirish organi hisoblanadi. Ya’ni, mazkur organ inson huquqlari sohasida davlat boshqaruv organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, inson huquqlari sohasidagi ishlar milliy rejasini ishlab chiqadi, O‘zbekistonning inson huquqlari bo‘yicha milliy ma’ruzalarini tayyorlaydi, davlat xizmatchilari uchun esa inson huquqlari muhofazasi sohasida axborot bazasini yaratadi, ularni o‘qitadi, maslahatlar beradi, tashviqot ishlarini olib boradi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, Markazning asosiy maqsadi bu ustuvor vazifalarni har tomonlama hal etish yo‘li bilan Inson huquqlari sohasidagi Milliy faoliyat dasturini, huquq va erkinliklarni himoya etishning ko‘p jihatli tizimini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etishdan iborat.
Shu o‘rinda, Milliy markazning xalqaro hamkorligiga ham to‘xtalib o‘tish joiz. Xususan, BMTning O‘zbekistondagi Taraqqiyot Dasturi, EXHTning O‘zbekistondagi Loyihalar Koordinatori, Xalqaro mehnat tashkiloti, O‘zbekistondagi Evropa Ittifoqi delegatsiyasi, YuNESKO, YuNISEF, Xorijiy mamlakatlarning mamlakatimizdagi elchixonalari, qator xalqaro jamg‘armalarning vakolatxonalari bilan samarali hamkorlik

o‘rnatilgan. Xalqaro sheriklar bilan hamkorlikda respublikamizda inson huquq va erkinliklarini yanada mustahkamlash, himoya qilish va rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan turli loyihalar amalga oshiriladi.
Hozirda Markazning Axborot-huquq bo‘limi huzurida Markaziy Osiyoda yagona ixtisoslashtirilgan Inson huquqlari bo‘yicha ommaviy kutubxona faoliyat yuritadi. Mazkur kutubxona o‘zbek va xorijiy tillarda nashr etilgan kitoblar, jurnallar va boshqa adabiyotlardan iborat bo‘lib, 5 mingdan ziyod nomdagi inson huquqlariga doir kitob fondiga ega. Markaz tomonidan inson huquqlari bo‘yicha 150 dan ziyod to‘plamlar, kitoblar va boshqa adabiyotlar davlat tilida ko‘p ming adadda chop etildi.

Jaloliddin Husenov, Buxoro viloyat ma’muriy sudi sudyasi

Ekologik munosabatlarning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari: milliy va xorijiy tajriba

Konstitutsiyada O‘zbekiston ekologik taraqqiyot strategiyasining asosiy qoidalari, ekologik va aholining ekologik xavfsizligiga doir talablar belgilangan bo‘lib, ushbu siyosiy-huquqiy hujjat mamlakatimizda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish bo‘yicha eng muhim va asosiy qoidalarni belgilab beradi.
Ma’lumki, konstitutsiyaviy normalarning ekologik siyosatni amalga oshirishdagi o‘rni va ahamiyati beqiyos. Aynan Asosiy qonunda davlat organlari va jamoat birlashmalarining ekologik faoliyatini shakllantirish bo‘yicha asosiy prinsiplari mustahkamlanadi, fuqarolarning ekologik burchlari belgilanadi, jamiyatning ekologik barqaror rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari o‘rnatiladi va h.k.
Konstitutsiyaviy normalar tizimi jamiyat va tabiatning o‘zaro aloqasi chog‘ida yuzaga keladigan va tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar tavsifidan kelib chiqib, shartli ravishda ikki qismga – umumiy va maxsus ekologik normalarga bo‘linishi mumkin.
Umumiy konstitutsiyaviy normalar demokratik-huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishda, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyatini tashkil etishning asosiy prinsiplarini belgilashda, fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini kafolatlashda, ekologik huquq-tartibotni mustahkamlashda dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Xususan, Konstitutsiyamizning 10-bobi inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda davlatning fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan (shu jumladan ekologik) huquqlarini kafolatlashi belgilangan.
Shuningdek, Asosiy Qomusimizning beshinchi bo‘limida davlat hokimiyatini tashkil etishning asosiy qoidalari belgilangan bo‘lib, ushbu normalar ekologik qonunchilikning shakllanishi va shu sohadagi davlat organlarining tashkil etilishida muhim huquqiy negiz bo‘lib xizmat qiladi.
Yuqoridagilardan tashqari Konstitutsiyamizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining vakolatlari ham belgilangan bo‘lib, ushbu normalar mazkur organlarning ekologiya sohasidagi vakolatlarining huquqiy maqomini belgilovchi milliy qonun hujjatlarining rivojlanishi uchun asos bo‘ladi.
Umumiy konstitutsiyaviy normalarning ahamiyati yana shu bilan belgilanadiki, birinchidan, ularda ekologik munosabatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solinmagan; ikkinchidan, ushbu normalar ekologik qonunchilikning shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga bo‘lgan asosiy qoidalarni belgilab beradi.
Shu o‘rinda amerikalik huquqshunoslar mamlakat Konstitutsiyasini ekologiya huquqi normalari shakllanadigan huquqiy tizim uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi “bilvosita manba” sifatida ta’riflaydilar. AQShning ekologik qonunchilikni ishlab chiqishda inobatga olinishi lozim bo‘lgan barcha umumiy konstitutsiyaviy normalarini uch yirik guruhga ajratishimiz mumkin: 1) atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasida huquqiy tartibga solishni amalga oshirish bo‘yicha Kongress vakolatlarini belgilovchi normalar; 2) ushbu vakolatni chegaralovchi normalar; 3) atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasini huquqiy tartibga solishga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan fuqarolarning huquqlariga oid normalar. AQSh ekologik qonunchiligida asosiy o‘rinni konstitutsiyaviy qoidalarni sud sharhi egallaydi hamda u ekologik munosabatlarni har qanday sohada qo‘llashni nazarda tutadi.

Jaloliddin Husenov, Buxoro viloyat ma’muriy sudi sudyasi

Конституциямизнинг яратилиши тарихи

Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг яратилиши тарихи ҳақида сўз юритишдан олдин “Конституция нима?” деган саволга жавоб бериш мақсадга мувофиқдир.
Конституция (лотинча “Constitution” – тузилиш, тузук) – давлатнинг Асосий қонуни. У давлат тузилишини, ҳокимият ва бошқарув органлари тизимини, уларнинг ваколати ҳамда шакллантирилиш тартиби, сайлов тизими, фуқароларнинг ҳуқуқ ва эркинликлари, жамият ва шахснинг ўзаро муносабатлари, шунингдек, суд тизимини ҳамда давлат ва жамиятнинг ўзаро муносабатларини белгилаб беради.
“Конституция” атамаси Қадимги Римдаёқ маълум бўлган (император Конституцияси деб аталган қонун). Амир Темур “Тузуклар”и Шарқ ва Осиё мамлакатлари цивилизациясига хос алоҳида шаклдаги конституциявий ҳужжат хусусиятига эга бўлган. У шариат қонунлари билан бир қаторда Марказий Осиё минтақаси халқлари тақдирига кучли таъсир ўтказган.
Асосий Қонунимиз яратилишининг мураккаб ва муҳим, айни чоғда шарафли солномасига назар солар эканмиз, ҳеч шубҳасиз, Ўзбекистон Конституцияси халқимизнинг мустақиллик сари узоқ йўлдаги изланишлари натижаси эканига комил ишонч ҳосил қиламиз.
Авваламбор, конституциявий “бино”ни қуришда уч минг йиллик миллий давлатчилик тажрибасига таянилган. Бугунги Ўзбекистон қадимги Хоразм ва Сўғдиёна, Қорахонийлар, Хоразмшоҳлар, Амир Темур ва Темурийлар, ўзбек хонликлари, маърифатпарвар аждодларимиз, халқимизнинг тарихий анъаналари ва унинг мустақил давлат ҳақидаги кўп асрли орзусини мужассам этган.
Қолаверса, манфаатларимиз ва интилишларимиздан келиб чиққан ҳолда, Асосий Қонунимиз Шарқ ва Ғарб, Жануб ва Шимолнинг 97 та мамлакати тўплаган илғор конституциявий тажрибани ҳисобга олиб яратилган.
Шу ўринда Суверен Ўзбекистоннинг биринчи Конституциясини тайёрлаш, муҳокама этиш, қабул қилиш ва унинг амал қилиши йўлидаги 10 та ҳуқуқий қадамни бу борадаги энг муҳим тарихий воқеалар сифатида санаб ўтиш лозим. Зотан, Конституцияни яратиш тарихи – бу мустақиллик учун курашнинг узвий таркибий қисмидир.
Конституцияни яратиш йўлидаги биринчи ҳуқуқий қадам – ўзбек тилига давлат тили мақоми берилишидир.
Бу ҳақда гап борганда, авваламбор, 1989 йилнинг 21 октябрь куни қизғин баҳс ва тортишувлардан сўнг сиёсий-маънавий ҳаётимиздаги унутилмас ҳодиса амалга оширилгани – миллий қадриятларимизнинг асосий устунларидан бири бўлган она тилимизга давлат тили мақоми берилгани истиқлол тарихининг энг ёрқин саҳифаларидан бирини ташкил этишини алоҳида таъкидлаш ўринлидир.
“Ўз она тилини билмаган одам ўзининг шажарасини, ўзининг илдизини билмайдиган, келажаги йўқ одам, киши тилини билмайдиган унинг дилини ҳам билмайди, деб жуда тўғри айтишади”. “Ҳар қайси миллат, катта ё кичиклигидан қатъий назар, ўз она тилини ҳурмат қилади”.

Конституцияни яратиш йўлидаги бешинчи ҳуқуқий қадам – Биринчи Президентимизнинг Ҳиндистонга 1991 йилги ташрифи билан чамбарчас боғлиқ.
Айтиш керакки, Биринчи Президентимиз Ислом Каримовнинг 1991 йил 17-19 август кунлари “Ҳиндистон Республикасига расмий ташрифи Ўзбекистон Президентининг хорижга қилган биринчи мустақил – тарихий ташрифи эди”. Юртбошимиз Ҳиндистонда бўлган бир пайтда – 19 август куни ўзини “Давлат фавқулодда ҳолат қўмитаси”, яъни ГКЧП деб атаган бир гуруҳ сиёсий авантюристларнинг давлат тўнтаришини содир этишга қаратилган мурожаати эълон қилинди.
Афсуски, Ўзбекистон раҳбарининг сафарда эканидан фойдаланиб, ГКЧПнинг ноқонуний қарорларини қўллаб-қувватлайдиган раҳбарлар юртимизда ҳам топилди. Тарих буни яхши эслайди.

Жалолиддин Ҳусенов, Бухоро вилоят маъмурий суди судьяси

Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 30 ва 31-моддалари мазмун моҳияти тўғрисида

Янги таҳрирдаги Ўзбекистон Республикаси Конституцияси
2023 йил 30 апрелда ўтказилган Ўзбекистон Республикаси референдумида умумхалқ овоз бериш орқали қабул қилинган.

Мазкур янги таҳрирдаги Ўзбекистон РеспубликасиКонституциясининг 30-моддасида қуйидагича ўзгаришлар бўлган. Жумладан ҳеч ким расмий эълон қилинмаган қонун асосида ҳукм қилиниши, жазога тортилиши, мол-мулкидан ёки бирон-бир ҳуқуқидан маҳрум этилиши мумкин эмас.

Ҳеч ким айни бир жиноят учун такроран ҳукм қилиниши мумкин эмас.

Шунингдек, Мазкур янги таҳрирдаги Ўзбекистон РеспубликасиКонституциясининг 31-моддасида эса қуйидагича ўзгаришлар бўлган.

Яъни Ҳар бир инсон шахсий ҳаётининг дахлсизлиги, шахсий ва оилавий сирга эга бўлиш, ўз шаъни ва қадр-қимматини ҳимоя қилиш ҳуқуқига эга.

Ҳар ким ёзишмалари, телефон орқали сўзлашувлари, почта, электрон ва бошқа хабарлари сир сақланиши ҳуқуқига эга. Ушбу ҳуқуқнинг чекланишига фақат қонунга мувофиқ ва суднинг қарорига асосан йўл қўйилади.

Ҳар ким ўз шахсига доир маълумотларнинг ҳимоя қилиниши ҳуқуқига, шунингдек нотўғри маълумотларнинг тузатилишини, ўзи тўғрисида қонунга хилоф йўл билан тўпланган ёки ҳуқуқий асосларга эга бўлмай қолган маълумотларнинг йўқ қилинишини талаб қилиш ҳуқуқига эга.

Ҳар ким уй-жой дахлсизлиги ҳуқуқига эга.

Ҳеч ким уй-жойга унда яшовчи шахсларнинг хоҳишига қарши кириши мумкин эмас. Уй-жойга киришга, шунингдек унда олиб қўйишни ва кўздан кечиришни ўтказишга фақат қонунда назарда тутилган ҳолларда ва тартибда йўл қўйилади. Уй-жойда тинтув ўтказишга фақат қонунга мувофиқ ва суднинг қарорига асосан йўл қўйилади деган жумла билан янги таҳрирдаги Ўзбекистон РеспубликасиКонституцияси тўлдирилган.

Муллабаева Гўзал Мухтаровна, Бухоро вилоят маъмурий суди судьяси

ЕРДАН ФОЙДАЛАНИШ ВА МУҲОФАЗА ҚИЛИШ СОҲАСИДАГИ ДАВЛАТ БОШҚАРУВИ

Ердан ресурслар ҳар бир мамла к атнинг ижтимоий-иқтисодий ривожланишида алоҳида ўрин тутади. Шу сабабли ердан фойдаланишни самарали ташкил этиш ҳамда ер ресусрларни муҳофаза қилишн и нг изчил ва барқарор механизмларини жорий этиш муҳим аҳамиятга эга. Ердан фойдаланиш ва муҳофаза қилиш соҳасидаги давлат бошқарувининг тўғри ва самарали ташкил этилиши эса бу борада кутилган натижага эришиш имконини беради.
Маълумки, бошқариш – муайян фаолият ва ҳаракатларни мақсадли амалга оширилишини йўналтириш, ушбу жараёнлар боришига раҳбарлик қилиш ҳамда тегишинча назоратни амалга оширишда ифодаланади. Шу сабабли Х.С.Исламходжаевнинг фикрича, иқтисодиётни бошқариш давлат бошқарувининг турларидан бири ҳисобланади ва у қуйидаги вазифаларни ўз ичига олади: у ёки бу ижтимоий муносабатларни тартибга солувчи ҳуқуқ нормаларида ўз ифодасини топган талабларнинг бажарилиши устидан ҳар томонлама назорат қилишни; тегишли муносабатлар қатнашчилари фаолиятининг умумий йўналишини уйғунлаштириш ва белгилашни, уларнинг қонуний манфаатлари ва ҳуқуқларини ҳар томонлама ҳимоя қилишни; иқтисодиёт соҳасида ўтказилаётган давлат сиёсатини белгилаш ва норматив жиҳатдан мустаҳкамлашни, давлат контрактлари (шартномалари) тузиш тартибини, рўйхатдан ўтказиш, лицензия бериш тартиби ва бошқа шу кабиларни белгилашни ҳам ўз ичига олади.
Албатта, давлат ижтимоий-иқтисодий соҳаларнинг деярли барчасини бошқариш орқали ўзининг функцияларини амалга ошириши назарда тутилади. Шу жиҳатдан мутахассисларнинг фикрича, ер фондини давлат бошқаруви деганда ваколатли давлат органларининг ердан фойдаланиш уни муҳофаза этиш бўйиса ижро этиш ва фармойиш бериш фаолияти тушунилади.
О.И.Крассовнинг ёзишича, “ердан фойдаланиш ва уни муҳофаза қилиш соҳадаги бошқарув” термини ижро ҳокимияти органлари ва маҳаллий ўзини ўзи бошқариш органларининг ерлардан самарали ва оқилона фойдаланишни, уларнинг тупроқ унумдорлиги ошириш ва муҳофаза қилишни таъминлага қаратилган қонун ости ижро- фармойиш фаолиятини англатади. Е.С.Болтанова ер ресурсларини бошқаришни ижро ҳокимияти ваколатли органларининг ер муносабатлар барча субъектларининг ерлардан оқилона фойдаланиши ва ерларни муҳофаза қилишни таъминлаш бўйича ташкилий фаолияти сифатида талқин этади.
Б.В.Ерофеевнинг фикрича, ердан фойдаланишда давлат бошқаруви деганда, ижро ҳокимияти ваколатли давлат органларининг мулкчилик шаклидан қатъий назар барча ер ҳуқуқи эгаларининг ерлардан самарали фойдаланишлари ва ерларни муҳофаза қилишлари учун шароит яратиш бериш мақсадига қаратилган ташкилий фаолияти тушунилади. А.П.Анисимовнинг талқинида ер фондини бошқариш – бу давлат ҳокимияти оргаларининг ўз ваколатлари доирасида ерлардан оқилона фойдаланиш ва ерларни муҳофаза қилишни таъминлаш мақсадида ер муносабатларини оммавий- ҳуқуқий тартибга солишга йўналтирилган ижро-фармойиш фаолиятидир.
Юқоридаги таърифлардан келиб чиқиб хулоса қилиш мумкинки, уларнинг барчаси ер муносабатлари соҳасидаги бошқарув тушунчасини фаолияти категорияси орқали талқин этади. Шунга қарамасдан, барча фикрлар якдилга ўхшасада, илмий адабиётларни чуқур таҳлил этиш ер муносабатлари соҳасида бошқарув тушунчасининг алоҳида, кўп ҳолларда энг муҳим жиҳатларини талқин этишда турлича ёндашувлар мавжудлигини кўрсатадики, бу ҳолат ўз навбатида ушбу воқеъликнинг зиддиятли бўлмаган аниқ концепциясини шакллантириш тўсқинлик қилади. Бу борада асосий мунозара ер ресурсларни бошқариш субъектларига нисбатан боради. Одатда бундай субъект сифатида давлат эътироф этилади. Албатта, ер ресурсларини бошқаришда давлатнинг асосий ва бош ҳолатини ҳеч ким инкор этмайди ва аксинча, бу ҳамиша таъкидланиб келинади. Хусусан, С.А.Боголюбов қай д этадики, давлат ер ресусрларнинг ҳолати учун, ўз навбатида, улардан фойдаланиш ва уларни муҳофаза қилиш учун жавобгарликни ўз зиммасига олади, шу муносабат билан давлат органларига ер фондини бошқаришда етакчилик роли тегишлидир[8].
Бир қатор ҳуқуқшунос олимларнинг фикрича, ер муносабатлари соҳасида давлат бошқаруви ерга нисбатан мулк ҳуқуқи ва давлатнинг ҳудудий устуворлик ҳуқуқидан келиб чиқиб, давлат ҳокимияти вакиллик ва ижроия органларининг функцияларини мақсадли амалга оширишни билдиради.
Ер ресурсларини бошқаришга нисбатан давлатнинг “имтиёзлари” асосини Е.С.Болтанова ерга нисбатан мулкчилик шаклидан қатъий назар ерлардан оқилона фойдаланиш ва уларни муҳофаза қилишни таъминлаш мақсадида давлатга ҳокимият ваколатларини қўллаш имконияти берувчи ҳудудий устуворлик ҳуқуқи деб ҳисоблайди.
Ер ресурсларни бошқариш субъектлари жумласига маҳаллий ўзини ўзи бошқариш органларини ҳам киритишади, бироқ бу ҳолат ҳам олимлар ўртасида турлича талқин этилишига сабаб бўлди. Ушбу вазиятда асосий мунозарали ҳолат давлат ҳокимиятининг айнан қайси тармоғига кирадиган давлат органлари (маҳаллий ўзини ўзи бошқариш органлари) ер ресусрларини бошқаришни амалга оширилишида намоён бўлади.
Бу масалада иккита бир биридан қатъий фарқланувчи нуқтаи назар мавжуд.
О.И.Крассов, А.П.Анисимов, Б.В.Ерофеев, Е.С.Болтанова ва бошқалар томонидан қўллаб-қувватланадиган ушбу нуқтаи назарлардан биринчисига кўра, ер ресусрларни бошқаришни фақат давлат ҳокимияти бошқарув органлари ва маҳаллий ўзини ўзи бошқариш органлари амалга оширади, чунки ушбу фаолият – ўзининг тусига кўра ижро этиш-фармойиш бериш фаолиятидир.
И.А.Иконицкая ер ресурсларни бошқариш бўйича фаолиятда устуворликни ижро органларига беради ва қайд этадики, ушбу органлар бошқаришни амалга оширишда бир томондан ер ҳуқуқий муносабатлари иштирокчиларига уларнинг ер участкасига нисбатан ваколатларини ҳаётга татбиқ этишга кўмаклашса (масалан, ҳуқуқий ахборот бериш, давлат ҳисобидан ерларнинг сифатини яхшилаш), иккинчи томондан, ер ҳуқуқбузарликларини аниқлайди ва юридик жавобгарлик чораларини қўллайди.
Мазкур воқъеликни ўрганишга бағишланган замонавий диссертация тадқиқотлари ҳам юқорида келтирилган фикрларга айний бўлган йўналишларни белгилайди.
Хусусан, Г.Л.Землякованинг фикрича, ерлардан фойдаланиш ва уларни муҳофаза қилиш соҳасидаги давлат бошқаруви деганда, давлат ҳокимияти ижроия органларининг хўжалик ва бошқа фаолиятни амалга ошириш учун зарур бўлган турли хилдаги объектларни максимал даражада юқори жойлаштиришни, ер участкаларини индивидуаллаштириш ва ер ресурсларини сақлаш ва қайта тиклашга қаратилган улар муомаласининг қонунийлигига риоя қилинишини таъминлаш бўйича қонунга асосланган фаолияти тушунилади.
М.Д.Воронинанинг ёзишига кўра, таҳлил қилинаётган тушунча ер ҳуқуқий муносабати барча субъектлари томонидан ерлардан фойдаланиш ва уларни муҳофаза қилиш учун зарур шароитни таъминлашга қаратилган ваколатли давлат ҳокимияти ижроия органларининг фаолиятини англатади.
С.А.Габучева ерлардан фойдаланиш ва уларни муҳофаза қилиш соҳасидаги давлат бошқарувини ер участкаларини кўчмас мол-мулк объекти сифатида шакллантириш ва индивидуаллаштириш мақсадида, шунингдек ерга нисбатан ҳуқуқ эгаларининг мулкий тусдаги ерга оид ваколатларини амалга оширишда оммавий-ҳуқуқий талабларга риоя этилишига давлатнинг амалий таъсири (ижро ҳокимиятининг ваколатли органи тимсолида) сифатида эътироф этади.
С.А.Чаркин ўз таърифида, ер фондини бошқариш бўйича фаолият айнан қайси давлат ҳокимияти органи амалга оширишини аниқламаган ҳолда, бундай бошқаришнинг ижро этиш-фармойиш тусини кўрсатиб ўтади ва шу орқали ушбу муаллиф ҳам таҳлил этилаётган нуқтаи назар тарафдори эканлиги аён бўлади.
Ерлардан фойдаланиш ва уларни муҳофаза қилиш соҳасидаги давлат бошқарувининг моҳяти ва ҳуқуқий табиатига нисбатан иккинчи нуқтаи назар вакиллари, хусусан, Ю.А.Тихомиров давлат бошқарувини ижро этиш-фармойиш бериш (фақат маъмурий тусдаги) фаолиятидан ажратади. Н.А.Сыродоев ҳам шундай ёндашувни илгари суради ва бошқарув функцияларини амалга оширувчи субъектлар сифатида давлат ҳокимиятининг қонун чиқарувчи ва вакиллик органларини ҳам эътироф этади.
Албатта, мазкур нуқтаи назар муайян оқилона ечим мавжуд. Зеро, ер ресурслари объект ҳисобланадиган муносабатлар кўп қиррали саналади. Ер ресурслари турли субъектларининг эҳтиёжи ва манфаатларини, аввало ва асосан ундан фойдаланиш жараёнида қаноатлантириш имконини беради. Ердан фойдаланиш бугунги кунда турли ҳуқуқий конструкциялар асосида амалга оширилмоқда. Амалдаги қонунчилик қатъий равишда ернинг давлат мулки эканлиги (Ўзбекистон Республикаси Ер кодексининг 16-моддаси) ни эътироф этиш билан бирга, унга нисбатан қандай ҳуқуқий контрукцияларни қўллаш мумкин эмаслигини ўрнатиб, ернинг фуқаролик муомаласини ҳам чеклайди. Шу сабабли моддий неъмат сифатида ерга нисбатан ҳуқуқий муносабатнинг битта шакли – ундан фойдаланиш мумкин бўлади ва бу ҳуқуқий муносабат турли фуқаролик-ҳуқуқий шартномалар орқали амалга оширилиши мумкин. Айни пайтда мамлакатимизда ердан фойдаланишнинг у ёки бу ҳуқуқий шакллари кўплаб фуқароларга тааллуқлидир: булар ижарачилар, мерос қилиб қолдириладиган умрбод эгалик қилиш ҳуқуқи эгалари, боғдорчилик ва узумчилик участкалари эгалари, доимий эгалик қилиш ва ундан фойдаланиш ҳуқуқи эгалари, фермерлар ва шу кабилардир.
Шу маънода ушбу субъектлар у ёки бу маънода ер ресурсларининг фойдаланувчилари ҳисобланадилар. Бунда деярли барча ҳолатларда ер муносабатлар хусусий субъектлари ўртасида бевосита давлат иштирокида қурилади.
Бироқ давлат ер ресурслари предмети бўлган муносабат субъектлари таркибидан чиқарилиши мумкин эмас, бу ҳолат ернинг муҳим ижтимоий аҳамиятидан келиб чиқади.
Ҳар қандай ҳуқуқий муносабатда у ёки бу кўринида давлат эрки ва ўз навбатида давлат

бошқаруви “мавжуд бўлади”. Бир турдаги муносабатларда бундай бошқарув тўғридан- тўғри, бошқасида эса билвосита амалга оширилиши эса бошқа масала саналади.
Ер ресурсларини давлат бошқаруви умумий маънода давлат ердан фойдаланиш ва уни муҳофаза қилишнинг турли жиҳатларига тааллуқли бўлган муайян қоидалар (нормалар)ни ўзининг ваколатли органлари тимсолида ўрнатади ва ушбу ёндашувдан келиб чиқиб, бундай органлари жумласига нафақат ижроия органлари, балки вакиллик, шунингдек суд органлари ҳам киради.
Айнан қайси давлат органлари ер ресурслари бошқарувини амалга ошириш борасидаги баҳсни ҳал қилишда маъмурий ҳуқуқлаги бошқарув тушунчасининг талқинига мурожаат қилиш ўринли бўлади. Чунки маъмурий ҳуқуқда бошқарувни тор ва кенг маъноларга ажратиш қабул қилинган. Тор, ташкилий-ҳуқуқий маънода давлат бошқаруви деганда, давлат ҳокимияти тармоқларидан бири сифатида ижроия ҳокимиятини амалга ошириш билан боғлиқ бўлган, “давлат бошқарув органлари” деб номланадиган махсус давлат органлари тизими амалга оширадиган давлат фаолияти тушунилади. Кенг маънода давлат бошқаруви – давлат ҳокимияти тармоқларининг барча давлат органлари фаолиятидир, бинобарин давлатнинг, шу жумладан унинг органларининг умумий мақсади ва фаолиятининг мазмуни бўлиб ижтимоий муносабатларини тартибга солишни ташкил этиш ҳисобланади.
Шу жиҳатдан ер ресурсларини бошқариш субъекти (аниқ орган)ни аниқлаш “бошқариш” атамасини талқин этишга нисбатан ёрдашувдан келиб чиқади. Бундан англашиладики, бошқарувни тор маънода тушунишда ер ресурсларига нисбатан бошқарув фаолиятини фақат ижроия органлари амалга оширади, кенг маънода эса у ёки бу даражада оммавий ҳокимиятнинг барча органлари ер ресусрларини бошқаришда иштирок этади. Сўнгги ҳолатда ер ресурсларини бошқариш икки шаклда – бевосита бошқарув ва беливосита, яъни ер ҳуқуқий муносабатларини тартибга солувчи, фуқароларнинг ерга нисбатан ҳуқуқларини судларда ҳимоя қилишга оид норматив- ҳуқуқий ҳужжатларни қабул қилишда намоён бўлади.
Фикримизча, ер ресурсларини бошқаришнинг универсал тушунчаси иккала ёндашувни ҳам ифодалаши лозим, чунки уларнинг ҳар бири етарли даражада асосли ва амалий аҳамият касб этади. Мазкур нуқтаи назардан келиб чиқиб, ер ресурсларини бошқариш тушунчасига нисбатан қуйидаги таърифни таклиф қилиш мумкин: ер ресурсларни бошқариш давлатнинг ижроия органлари ва маҳаллий ўзини ўзи бошқариш органларининг ҳуқуқ (юридик воситалар) орқали амалга ошириладиган, объекти ер ресурслари бўлган ижтимоий муносабатларни улардан фойдаланиш ва уларни муҳофаза қилишни жамиятдаги хусусий ва оммавий манфаатлар уйғунлигини қўллаб-қувватлаш ва инсон ҳаётий фаолиятининг барча соҳалари эволюцион ривожланишини таъминлаш мақсадида барқарор тартибга солишга қаратилган фаолиятидир.

Ихтиёр Холов, Бухоро туманлараро маъмурий суди судьяси

Дилназар Шомуродов, Бухоро туманлараро маъмурий суди архив мудири

НИЗОЛАРНИ МУҚОБИЛ ҲАЛ ЭТИШНИНГ ЗАМОНАВИЙ УСУЛЛАРИ

Йилдан йилга низоларни муқобил ҳал этиш турлари муҳим аҳамият касб этиб келмоқда. Хусусан, сўнгги йилларда тарафлар суд жараёнларини четлаб ўтган ҳолда ўрталаридаги низоларни муқобил хал этиш йўлларини танламоқда. Чунки, ҳаттоки, энк кичик суд жараёни ҳам томонлар ўртасидаги иш муносабатларини издан чиқариб, улардан катта миқдордаги вақт ҳамда маблағни талаб қилади.
Низолар жамият ҳаётининг ажралмас бир бўлаги ҳисобланади. Улар турли соҳаларда юзага келади ва турли усулда ҳал этилади. Низоларни тўғри ҳал этилиши томонларга ушбу нохуш вазиятдан кичик йўқотишлар ва катта натижалар билан чиқиш имконини яратади.
Бугунги кунга келиб низолар суд тартибида ёки уларга муқобил бўлган бошқа усуллар ёрдамида ҳал этиб келинмоқда. Низоларни суд тартибида ҳал қилиш кўп вақтни талаб қилади. Биргина даъво тартибида иш юритишда судлар келиб тушган аризани иш юритувига қабул қилиши учун ўн кундан кам бўлмаган вақт давомида ўрганиб чиқиб, керакли суд ҳужжатини қабул қилади. Бу эса ўз навбатида, низо тарафлари учун маълум жиҳатдан катта йўқотишларга сабаб бўлади. Низоларни муқобил ҳал этиш шакллари бу каби камчиликларни олдини олишда самарали восита бўлиб хизмат қилади.
Кўплаб мутахассисларнинг фикрига кўра, низоларни суд тартибидан ташқари ҳар қандай усулда ҳал этиш муқобил усул сифатида қаралади. Хорижий илмий адабиётларда “низо ва ихтилофларни муқобил ҳал этиш” тушунчаси суд тартибида низоларни ҳал қилиш жараёнига муқобил равишда қўлланилади. Ушбу тушунча кўп йиллардан бери қўлланилиб келишига қарамасдан, ўзининг расмий мақомини 1970 йилларга келиб Америка Қўшма Штатлари ҳамда Ғарбий Европада олган.
Судлар томонидан фуқаролик ва иқтисодий муносабатлардан келиб чиқадиган низоларни ҳал этишда муқобил усул сифатида музокаралар, медиация, ҳакамлик ҳамда арбитраж судлари каби шакллардан фойдаланиш кенг тарқалган. Мазкур усуллар фуқароларга низони тез ва осон, қисқа муддатларда, кўп маблағ сарфламаган ҳолда ҳал этиш имконини беради.
Низоларни муқобил ҳал этиш судга мурожаат қилишдан кўра норасмийроқ, камчиқим ҳамда каммеҳнат талаб қиладиган жараён ҳисобланади. Низоларни муқобил ҳал этиш томонларга судга мурожаат қилмаган ҳолда келишувга эришиш имконини берувчи усулдир.
Музокара низоларга ечим топишнинг бир усули сифатида, икки ёки ундан ортиқ томонлар ўртасидаги конфликтни келишув асосида ҳал қилишдир. Бу усул, тадбиркорлик субъектлари ўртасида юзага келадиган келишмовчиликни бартараф этишда ўз самарасини беради. Музокара усулининг ўзига хос жиҳати тарафлар ўртасидаги мавжуд муносабатларни сақлаб қолиш имконини беради. Низо томонлари ўзларига мақбул бўлган вақт давомида музокара олиб боришлари, уни амал қилиш доираси ҳамда муддатини белгилашлари мумкин. Аммо, музокаралар олиб боришнинг бир қатор салбий жиҳатлари ҳам мавжуд. Биринчидан, Ўзбекистон Республикаси ҳуқуқ тизимида музокаралар олиб боришнинг ҳуқуқий асослари мавжуд эмас. Бу эса ўз навбатида, низо тарафлари томонидан олиб борилган музокаралар кўп ҳолларда амалда бажарилмасдан қолиб кетишига сабаб бўлади ва фуқароларнинг низони судга мурожаат қилган ҳолда ҳал этишларига замин яратади.
Иккинчидан, музокаралар оғзаки тарзда олиб борилади, ёзма, юридик кучга эга бўлган, тарафларнинг ҳуқуқ ҳамда мажбуриятларини акс эттирувчи ҳужжат тарзида расмийлаштирилмайди.
Учинчидан, тарафлар ўртасида низо мавжудлиги сабабли аксарият ҳолларда уларга кутилган натижага эришиш имкониятидан маҳрум этади.
Тўртинчидан, музокара олиб боришга киришган тарафларда музокара олиб бориш шахсий қобилиятларининг етишмаслиги ва низони ҳал қилишнинг ушбу усулини фуқаролар орасида кенг оммалашмаганлиги сабаб бўлмоқда.
Низо тарафлари ўзаро музокарага эришолмаган тақдирда, ўртадаги муносабатларини тартибга солишга кўмаклашадиган, низонинг ҳал қилиниши натижаларидан манфаатдор бўлмаган, учинчи шахслар ёрдамига эҳтиёж туғилади. Бугунги кунга келиб ушбу вазифани малакали медиаторлар амалга ошириб келишмоқда. Ўзбекистон Республикаси “Медиация тўғрисида”ги қонунининг 4-моддасига асосан, медиация – келиб чиққан низони тарафлар ўзаро мақбул қарорга эришиши учун уларнинг ихтиёрий розилиги асосида медиатор кўмагида ҳал қилиш усули эканлиги белгиланган.
Низоларни муқобил ҳал қилиш усулларининг ўзига хослиги шундаки, уларни қўллашда тарафларнинг хоҳиш-истаги инобатга олинади. Медиация тартиб-таомили ҳам низоларни ҳал этишда тарафларнинг ихтиёрийлиги принципига асосланади. Миллий қонунчилигимизда медиация атамасига ҳуқуқий мақом берилганига қарамасдан судгача бўлган жараёнда, суд тартибида кўришда, суд ҳужжатини қабул қилиш учун суд алоҳида хонага (маслаҳатхонага) киргунга қадар ҳамда суд ҳужжатлари ва бошқа орган ҳужжатларини ижро этиш жараёнида қўлланилиш даражаси ҳанузгача пастлигича қолмоқда. Хорижий тажрибага назар соладиган бўлсак, АҚШда 95% , Германияда 90% ва Буюк Британияда 90-95% низоли ҳолатлар суд муҳокамасига қадар ҳал этилади. Бунинг сабаби, хориж давлатлари ҳуқуқ тизимида “медиатор-судя” тоифаси шаклланган бўлиб, фуқаролик ҳамда иқтисодий судларга келиб тушадиган аризалар дастлаб айнан шу тоифа томонидан кўриб чиқилади. Амалий жиҳатдан ёндашадиган бўлсак, медиация усулини суд муҳокамаси жараёнида ёки суд ҳужжати қабул қилингунга қадар қўллагандан кўра самаралироқ ҳисобланади.
Мамлакатимизда медиация тартиб-таомилининг ҳанузгача кенг қўлланилишига тўсқинлик қилаётган омиллар қуйидагилардан иборат. Биринчидан, низоларни ҳал қилиш усули бўлган медиациянинг афзалликлари тўғрисида кенг омманинг хабардор эмаслиги. Иккинчидан, республика бўйлаб малакали ҳамда профессионал медиаторларнинг, айниқса, чекка ҳудудларда уларнинг деярли йўқлиги низоларни анъанавий тартибда ҳал қилиш механизмининг сақланиб қолишига олиб келмоқда.
Учинчидан, медиация тартиб-таомилини амалга оширишга оид норматив-ҳуқуқий ҳужжатларнинг мукаммал даражада эмаслиги. Шу ўринда, таклиф сифатида хориж тажрибасига таянган ҳолда “медиатор-судя” атамасини миллий қонунчилигимизга киритишни келтиришимиз мумкин. Низоларни суд муҳокамасига қадар “медиатор- судя” томонидан кўриб чиқиб ҳал қилиниши судларда кўрилаётган иш ҳажмининг кескин камайишига имкон беради. Ўз навбатида, низо тарафлари вақти ва маблағининг ортиқча сарфланишини олдини олишда кўмаклашади.
Низоларни ҳал қилишнинг яна бир усули сифатида ҳакамлик судларини келтиришимиз мумкин. Ўзбекистон Республикаси “Ҳакамлик судлари тўғрисида”ги қонунининг 3-моддасига мувофиқ, ҳакамлик суди (доимий фаолият кўрсатувчи ҳакамлик суди ва муваққат ҳакамлик суди) – фуқаролик ҳуқуқий муносабатлардан келиб чиқувчи низоларни, шу жумладан тадбиркорлик субъектлари ўртасида вужудга келувчи иқтисодий низоларни ҳал этувчи нодавлат органи ҳисобланади. Бугунги кунга келиб, ҳакамлик судлари томонидан ҳал этиладиган масалалар тадбиркорлик субъектлари ўртасида юзага келадиган муносабатларни тартибга солишдан иборатдир.
Низоларни ҳакамлик судлари томонидан ҳал қилинишининг бир қатор афзалликлари мавжуд. Биринчидан, тарафлар ҳакамлик судига мурожаат этганда ўзлари ишонган ҳамда низони холисона ҳал этиши мумкин бўлган судьяни танлаш имкониятига эга бўладилар. Иккинчидан, низони кўриб чиқиш жойи ва вақтининг тарафлар томонидан белгиланиши. Учинчидан, ишларнинг тез вақт ичида кўриб ҳал қилиниши. Низоларни ҳакамлик судлари томонидан кўриб чиқилиши тарафларга кам маблағ сарфлаш имконини беради. Шу билан биргаликда, муҳокама иштирокчилари учун коррупцион ҳолатларни четлаб ўтишнинг бир йўли ҳисобланади ва уларнинг ҳакамлик судларига бўлган ишончининг ортишига сабаб бўлади. Ҳозирги кунда ҳакамлик судларида кўриб чиқилаётган низоларнинг асосий қисми тадбиркорлик субъектлари ўртасидаги келишмовчиликни ҳал қилиш ҳисобланади. Фуқаролик муносабатларидан келиб чиқадиган низоларнинг аксарият қисмининг судлар томонидан кўрилишига кўплаб оилавий келишмовчиликлар натижасида келиб чиқадиган мулкий низолар ҳисобланади.
Хорижий мамлакатларда кенг оммалашиб бораётган низоларни муқобил ҳал қилишнинг арбитраж усули ҳам секин-асталик оммалашиб бормоқда. Мамлакатимизда ҳам низони ҳал қилишнинг ушбу усулини амалиётга татбиқ этиш мақсадида 2021 йил 16 февралда “Халқаро тижорат арбитражи тўғрисида”ги қонун қабул қилинди. “Халқаро тижорат арбитражи тўғрисида”ги қонуннинг 5-моддасига асосан, арбитраж – доимий арбитраж муассаси ёки муайян низони ҳал қилиш учун ташкил этиладиган арбитраж суди томонидан амалга оширилишидан қатъи назар, низони ҳал этиш тартиб- таомили деб белгиланган. Мазкур ҳужжат қабул қилинганлигига қарамасдан ҳали кучга кирмаган. Арбитраж судларининг бир қатор ижобий томонларини ёритиб ўтсак.
Дастлаб, арбитраж судларида ҳакамлик судларидаги каби низони ҳал қилиш учун арбитрлар конфликт тарафлари томонидан танланади. Иккинчидан, ушбу судларнинг бошқа давлат органларидан ҳоли равишда фаолият олиб бориши. Учинчидан, махфийлик принципининг амал қилиши. Ишларнинг ёпиқ ҳолатда кўрилиши, тарафлар тўғрисидаги маълумотларнинг ошкор қилинмаслиги, низо юзасидан қабул қилинган қарор мазмунининг сир сақланиши ҳам арбитраж судларининг афзал томони ҳисобланади. Тўртинчидан, расмий жараёнлардн ҳоли равишда низоларнинг оддий усуллар ёрдамида кўриб чиқилиши, бу ўз навбатида, қарорларнинг тез ва адолатли қабул қилиш имконини беради. Бешинчидан, тарафлар ўртасидаги низони келишувга эришган ҳолда ҳал этиш.
Юқорида келиб чиқиб, низоларни муқобил ҳал этиш усулларини амалиётга кенг татбиқ этишда қуйидаги ишларни амалга ошириш лозим: судга мурожаат этган тарафларга суд муҳокамасигача бўлган даврда низоларни муқобил ҳал қилишнинг афзалликлари тўғрисида атрофлича тушунча бериш; суд муҳокамасигача бўлган жараёнда ишларни кўриб чиқиш учун “медиатор-судя” тоифасини шакллантириш; музокара олиб борган тарафлар ҳуқуқ ҳамда мажбуриятларини ўзида акс эттирувчи норматив ҳужжатнинг амалдаги қонунчиликка киритиш; арбитраж судларига мурожаат этаётган фуқароларнинг ҳуқуқ ва эркинликларини бузилишини олдини олдиш мақсадида арбитрларга қўйилиши лозим бўлган талабларнинг янада такомиллаштирилиши; медиатив келишувга қонуний тус бериш; ҳакамлик судлари томонидан кўриладиган ишлар доирасини кенгайтириш; медиация тартиб-таомилига баъзи фуқаролик ва иқтисодий муносабатларни ҳал қилишда мажбурий тус бериш.
Хулоса қилиб айтганда, низоларни муқобил ҳал этиш усулларининг жамиятда юзага келадиган тушунмовчиликларни бартараф қилишда қўлланилиши судлар томонидан кўриладиган ишлар ҳажмининг кескин камайишига олиб келади. Жумладан, Буюк Британияда ўтказилган тадқиқотларга кўра, 85 фоиз ҳолатда низоларни ҳал қилишда муқобил усуллардан фойдаланиш фуқароларнинг судга мурожаат қилмасдан ўз маблағларини сақлаб қолиш имконини берганини кўрсатди. Бундан ташқари, жамиятнинг турли қатламлари ўртасидаги муносабатларга путур етмайди, яъни юридик ва жисмоний шахслар судлар аралашвисиз келишмовчиликларига ечим топадилар.

Ихтиёр Холов, Бухоро туманлараро маъмурий суди судьяси

Умид Кадиров, Бухоро туманлараро маъмурий суди судьяси

TINCHLIK VA XAVFSIZLIKKA QARSHI JINOYATLARNING TARIXIY VA ZAMONAVIY JIHATLARI

Tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish masalalarini o‘rganish jinoiy qonunchiligida alohida o‘rin tutadi, chunki bu jinoyatlar, avvalambor, nafaqat bitta davlat, shaxs yoki bir guruh odamlarga tegishli, balki ular butun insoniyatga ta’luqli bo‘lib, dahshatli oqibatlari namoyon bo‘ladi.
Insoniyatning tinchligi va xavfsizligiga qarshi jinoyatlarning ijtimoiy holati nafaqat ko‘plab zamonaviy davlatlarning funktsiyalari, ulardagi ijtimoiy munosabatlarga bog‘liqdir, balki dunyo xalqlarining genetik determinanti, ma’naviyati va mentaliteti, ham jahon, ham mahalliy urushlar, hamda ichki va tashqi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, etnik, diniy, harbiy va boshqa qarama-qarshiliklar bilan belgilanadi.
Shunday qilib, professor A.G. Kibalnikning ta’rifiga ko‘ra, bunday jinoyatlarni tashkil etuvchilar: ushbu jinoyatlar sub’ekti aksariyat hollarda davlat hokimiyatining eng yuqori namoyondalariyokiularningko‘rsatmalarigabinoanyokidavlathokimiyatiorganlaritomonidan muayyan jinoyat harakatlarini rag‘batlantiradigan muhitda harakat qiladigan shaxslardir.
Ya’ni, xalqaro jinoyatlar dunyo miqyosdagi sodir bo‘lgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarning og‘irligi, nafaqat bir etnik guruhlar yoki alohida bir xalqlar taqdiriga, balki butun insoniyatga haqiqiy xavf tug‘diradigan harakatlardir.

Jahon hamjamiyati va avvalambor SSSRning fashist Germaniyasi ustidan g‘alaba qozonganidan keyin qabul qilingan Nyurnberg xalqaro harbiy tribunalining Nizomida barcha xalqaro jinoyatlar uch guruhga bo‘lingan: 1) tinchlikka qarshi jinoyatlar; 2) harbiy jinoyatlar, urush qonunlarini va (yoki) urf-odatlarini buzish; 3) insoniyatga qarshi jinoyatlar, qotillik, qirg‘in, qullik, haydab chiqarish va tinch aholiga qarshi urushdan oldin yoki urush paytida sodir etilgan boshqa shafqatsiz harakatlar.
Tinchlik va xavfsizlik bilan bog‘liq jinoyatlarning paydo bo‘lishini birinchi davlatlar, masalan, Misr, Rim, Hindiston va boshqalar paydo bo‘lgan vaqtga bog‘lash kerak. Tarixdan ma’lumki, hududlarni egallab olish paytida minglab odamlar halok bo‘lgan, shaharlar va butun davlatlar yo‘q qilingan, bundan tashqari g‘olib tomon hech qanday jazo olmagan.
Qadimgi davrlarda armiya shaxsiy manfaatlarini ko‘zlagan chet elliklar hisobiga, ko‘pincha maxsus pul evaziga to‘ldirilganda, yollanmachilik keng tarqaldi. Askarlarning keng miqyosda yollanishi eng qadimiy tarixiy manbalarga ko‘ra birinchi Psametik hukmronligi davrida (miloddan avvalgi 663-609-yillar), Misr Ossuriya va Nubiyaliklarning bosqinlaridan talofat ko‘rgan, katta qo‘shin saqlay olmagan va shu tariqa Osiyoda hukmronligini saqlab qolish uchun Liviya yollanma askarlaridan foydalangan. Ksenofonning “Anabasis” (miloddan avvalgi IV-asrning birinchi yarmi) asarida yunon yollanma askarlari, Kichik Kir, Fors davlati taxtiga da’vogar bo‘lganlar tarixi tasvirlangan. Qadimgi Yunonistonda “qon solig‘i” sotib olish tartibi keng tarqalgan bo‘lib, badavlat fuqarolar yengil va o‘rta yollanma piyoda qo‘shinlarini tuzishganlar. Karfagenda yollanma qo‘shinlar ham keng tarqalgan. Shunday qilib, Karfagen davlatini deyarli yo‘q qilgan yunon yollanma askarlarining katta qo‘zg‘oloni haqida ma’lumotlar bor.
Birinchi marta yollanmaga taqiq AQShning mustaqillik uchun kurashi paytida paydo bo‘ldi.
AQSh hukumati nizolarni betaraf bo‘lgan davlatlar o‘z aholisini urushayotgan 151 tomonning har birida harbiy mojaroga aralashishga urinishni cheklashi kerakligi to‘g‘risidagi farmon chiqardi. Qoidabuzarlik sodir bo‘lgan taqdirda, bunday faoliyat jinoyat deb tan olindi.
O‘rta asrlarda urushlar yangi hududlarni egallab olish va odamlarni shafqatsizlarcha yo‘q qilish bilan davom etdi. Aynan shu davrda yangi jinoyat – genotsid paydo bo‘ldi, bu jinoyat boshqalarga o‘xshamagan va o‘zga dunyo qarashga ega bo‘lgan odamlarni ommaviy ta’qib qilish bilan tavsiflandi.
Cherkovning muxoliflarini ta’qib qilgan va turli xil qiynoqlar yordamida o‘lim hukmini chiqargan inkvizitsiyani esga olish kerak. A.N.Nikolaev ta’kidlaganidek, bunday diniy sudlarni butun insoniyat tarixidagi genotsidning eng tajovuzkor ko‘rinishlaridan biri deb atash mumkin.
Uyg‘onish davrida (XIV-XVI asrlar) gumanizm va antropotsentrizm kabi tushunchalar paydo bo‘lishi bilan yollanma askarlar hanuzgacha ommalashgan, ammo keng miqyosli genotsid bo‘lmagan, avvalgidek yahudiylar quvg‘in qilingan.
Tinchlik va xavfsizlikka qarshi keng tarqalgan yana bir jinoyat terrorizmdir, u ham chuqur ildizlarga ega. A.A. Korolev bizning davrimizdan 340 yil oldin ham, Iskandar Zulqarnaynning otasi teraktda o‘ldirilgan deb hisoblaydi. Valter Laker ilk terroristik guruhlardan birini milodiy I-asrda Yahudiyada faoliyat yuritgan Sicariyning yahudiy mazhabi (“xanjar”) deb hisoblaydi. “Terror” atamasi Buyuk Frantsiya inqilobi davrida keng tarqalgan bo‘lib, ommaviy qatl tufayli kelib chiqqan va “Terrorizm davri” deb nomlangan. Bulardan kelib chiqib shuni aytish joizki, tinchlik va xavfsizlikka qarshi bo‘lgan jinoyatlar juda ham chuqur tarixga ega.

Globallashuv davridagi zamonaviy terrorizm milliy va xalqaro miqyosda siyosiy uyushgan jinoyatchilikning tobora yorqin namoyon bo‘lishiga aylanmoqda. Undan bir qator mamlakatlar, turli siyosiy subyektlar, transmilliy jinoiy sindikatlar yangi siyosiy sintez va yangi voqeliklarni olish, shuningdek, motiv va geosiyosiy masalalarga aralashish uchun foydalanishadi. Ya’ni, ba’zi bir shaxslar yoki katta guruhlar bu kabi ishlar ortida juda katta foyda qilishlari mumkin. “Terrorizm” tushunchasini eng umumiy ko‘rinishida “insoniyat sivilizatsiyasi uchun vayron qiluvchi, alohidatomondandavlatlarvahukmronsinflartomonidantartibgasolinadiganjarayon, bir tomondan, ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy ahvolni sezilarli darajada yomonlashtiradigan” deb ta’riflash mumkin. Bunday jinoyattan oddiy xal (omma) talofat ko‘rmaydi, balki xattoki hukumat amaldorlari ham bu kabi qo‘poruvchilik, zo‘ravonliklardan aziyat chekishlari mumkin.
Demak, terrorizm – bu qo‘rquv, keyinchalik kuchayib u daxshatga aylanadi. Terroristlar keyinchalik odamlarda qo‘rquvni kuchaytirib o‘zlarining xudbin maqsadlarini amalga oshiradilar.
Keyingi XX asr tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar rivojida yangi bosqich – natsizm, fashizm, shuningdek ommaviy qirg‘in quollarining yangi turlari (kimyoviy va yadroviy) bilan boshlandi. Masalan, Birinchi Jahon urushi davrida zaharli gazlar keng qo‘llanilgan, bu ham yuz minglab odamlarning hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
Jahon hamjamiyati Germaniya tomonidan kimyoviy qurolni, shuningdek, AQSH tomonidan yadro qurolini birinchi martta qo‘llaganidan so‘ng, ommaviy qirg‘in qurollarining qanchalik insoniyatga xavfli ekanligini anglashgan. 1925-yilda urushda inonlarni bo‘g‘ilish holatiga olib keluvchi, zaxarli yoki boshqa shunga o‘xshash gazlar va bakteriologik vositalaridan foydalanishni ta’qiqlovchi Jeneva protokoli imzolandi. Yuqoridagi qurollarning ikki turiga kelsak, xalqaro hamjamiyat ushbu qurol turlarini yaratish va ulardan foydalanishni to‘liq taqiqlovchi konventsiyalar ishlab chiqdi. Bular kimyoviy qurollar to‘g‘risidagi konvensiya va biologik qurollar to‘g‘risidagi konvensiyalar.
Siyosiy beqarorlik, turmush darajasining pastligi, huquqiy qadriyatlarning buzilishi va b. to‘g‘ridan-to‘g‘ri terrorizm paydo bo‘lishining asosiy sabablaridan hisoblanadi. Bugungi kunda terrorizm hatto tashkilotchilarga katta daromad keltiradigan biznesning bir turi.
Tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar bo‘yicha bunday tarixiy tajribaga ega bo‘lgan insoniyat, o‘tmishdagi achchiq tajribani takrorlamaslik uchun tajovuzsiz, urushlarsiz va umuman jahon mojarolarisiz yashashni o‘rganishi kerak edi. Biroq, insoniyat ba’zan tashqi qiyofasi, dinlari va madaniyati farqi tufayli dunyo mojarolarining kuchayishi, tomonlarning milliy adovat asosida qarshilik ko‘rsatish davrida yashashni davom ettiradi.
Ta’kidlash joizki, tinchlik va xavfsizlikka tahdidlarning oldini olish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro hamkorlik tamoyillariga rioya qilgan holda, xalqaro shartnomalarning to‘la huquqli sub’ekti bo‘lib, jinoyat qonunchiligi doirasida, tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlarga javobgarlikni nazarda tutadi..
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida VIII bob aynan tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlarga bag‘ishlangan. Aynan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksidagi ushbu bob alohida ahamiyatga ega, chunki u alohida ijtimoiy xavfga egadir. Ushbu jinoyatlar tajovuzni keltirib chiqarishi, urush holatiga olib kelishi va umuman butun insoniyat hayotiga xavf tug‘dirishi mumkinligi alohida e’tibor qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida ko‘rsatilgan jinoyat huquqi normalarining mazmuni ijtimoiy xavfli qilmishlarning quyidagi elementlari bilan ifodalanadi, ya’ni: urushni targ‘ib qilish (150-modda); agressiya (151-modda); urush qonun va udumlarini buzish (152-modda); genotsid (153-modda); yollanish (154-modda); chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash organlariga xizmatga kirish, yollanish (154.1-modda); terrorizm (155-modda); tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik harakatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar va faktlarni xabar qilmaslik (155.1-modda); terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida o‘quvdan o‘tish, chiqish yoki harakatlanish (155.2-modda); terrorizmni moliyalashtirish (155.3-modda); milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish (156-modda).
Tinchlik va xavfsizlikka qarshijinoyatlarning asosiyob’ekti tinchlik va tinch yashashdir, diniy guruhlar, jamoat xavfsizligi, xavfsiz sharoitlarni ta’minlash, har qanday davlatning rivojlanishi va hayoti, urush qoidalariga rioya qilish sohasidagi xalqaro aloqalari, insoniyat, millat, etnik, irqiy mavjudot asoslarini ta’minlash sharti hisoblanadi.
Tinchlik va xavfsizlikka qarshi barcha jinoyatlarning ob’ektiv tomoni, odatda, ma’lum bir me’yor uchun bitta aniq maqsad bilan birlashtirilgan va bir nechta qismlardan iborat saralash belgilaridan iborat bo‘lgan xatti-harakatlar yoki xatti-harakatlar shaklida ifodalanadi.
Tinchlik va xavfsizlikka qarshi deyarli barcha jinoyatlarning sub’ektiv tomoni qasddan qilingan aybda ifodalanadi.
Jinoyatning subekti umumiy, ya’ni 16 yoshga to‘lgan shaxs, shu bilan birga, individual jinoyatlar sodir etilganda, maxsus sub’ekt talab qilinadi (masalan, davlatlarning mansabdor shaxslari). Shunday ekan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining VIII bobida belgilangan meyorlarning mavjudligi birinchi navbatta jamoat munosabatlarini jinoiy-huquqiy himoya ilishgava butun insoniyat tinchligi va xavfsizligi barqarorligini ta’minlashga qaratilgan.
Jahon vaziyatlaridan kelib chiqib, tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar tarixan mustaqil ravishda uzoq vaqt davomida mavjud bo‘lgan degan xulosaga kelish zarur. Ulardan ba’zilari ilm-fan va texnologiyaning rivojlanishi bilan paydo bo‘lgan, boshqalari esa chuqur tarixiy ildizlarga ega. Ko‘p asrlar davomida ushbu jinoyatlar, odatda, kriminalizatsiya qilindi va jamiyat tomonidan o‘z-o‘zidan ravshan narsa sifatida qabul qilindi, ba’zida hatto ularning sodir etilishi hayot tarzining asosiy qismi bo‘ldi, ammo shunga qaramay, ularning barchasi jamiyat uchun juda xavfli bo‘lib, umumiy halokatga olib keladi .
Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar xalqaro jinoyatlar maqomiga ega bo‘lishi va ko‘plab davlatlarning milliy qonunchiligida, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi jinoiy qonunchiligida ham xalqaro huquqning amalga oshirilishining yorqin namunasi bo‘lishi bejiz emas.

Ixtiyor Xolov, Buxoro tumanlararo ma’muriy sudi sudyasi

INTERNET TARMOG‘IDA SHARTNOMALARNI TUZISH MEXANIZMLARINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Bugungi kunda kompyuter texnologiyalari, telekommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta’minot va axborot texnologiyalari sohasidagi so‘nggi yutuqlar natijasida odamlar hayot darajasi tasavvur qilib bo‘lmaydigan darajada o‘zgarib ketdi. Geografiya va vaqtning cheklanganligi sababli aloqa endi cheklanmaydi. Axborot har qachongidan ham keng va tezroq uzatiladi va qabul qilinadi. Bu yerda elektron tijorat joy, vaqt, makon, masofa va to‘lovlar bo‘yicha biznes muhitiga moslashuvchanlikni taqdim etadi. Ushbu elektron tijorat kompyuter tarmoqlari orqali ma’lumot, mahsulot va xizmatlarni sotib olish va sotish bilan bog‘liq. Bu biznesni elektron shaklda, odatda Internet orqali o‘tkazish vositasi. Bu “korxona integratsiyasiga” olib keladigan vosita.

Elektron tijorat – bu elektron shartnomalar asosida tuzilgan tovar va xizmatlar oldi-sotdisini ifodalovchi tadbirkorlik faoliyati usuli amalga oshiriladigan ijtimoiy munosabatlar sohasi bo‘lib, unga muntazam ravishda amalga oshiriladigan oldi-sotdi bitimlari (asosiy bitimlar), shuningdek, elektron tijorat aylanmasini tashkil etishga qaratilgan bitimlar va asosiy bitimlar (tashkiliy bitimlar) kiradi.
Tashkiliy bitimlarga quyidagilar kiradi: elektron tijorat mahsulotlari bozorining turli shakllarini tashkil etish bo‘yicha axborot-kommunikatsiya tarmog‘iga kirish xizmatlarini ko‘rsatish; elektron tijoratni shakllantirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish (elektron raqamli imzo, qo‘lda imzoning boshqa analoglari), elektron hisob-kitoblarni amalga oshirish; elektron tijorat dasturlarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish; bitimlarni amalga oshirishda turli xil aloqa turlaridan foydalanish.
Belgilangan barcha bitimlar oddiy fuqarolik bitimlari bo‘lib, ularning asosiy o‘ziga xos xususiyati shundaki, fuqarolik bitimlarini tuzish yoki bajarish va boshqa qonuniy ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlarni amalga oshirish kontragentlarning masofadan turib kirish sharoitida va maxsus mexanizm (elektron ma’lumotlar almashinuvi, elektron xabar almashish va boshqalar) yordamida amalga oshiriladi.
Elektron hujjat va qog‘ozli hujjat o‘rtasidagi farq faqat uning rekvizitlari va hujjat tashuvchisining o‘ziga xos xususiyati bilan ifodalanadi. Ko‘pincha, elektron hujjatning xususiyatlarini tavsiflash uchun uning tugallanishini ko‘rsatish kifoya.
Elektron tijoratning o‘sishi bilan elektron shartnomalardan foydalanish tez rivojlanmoqda.
Ammo elektron shartnomalarni joylashtirish uchta darajada, ya’ni konseptual, mantiqiy va amalga oshirishda juda ko‘p muammolarni keltirib chiqaradi. Maqolamizda biz elektron shartnomalar doirasi, mohiyati, qonuniyligi va boshqa har xil masalalarni muhokama qildik va bu sohada qonunchilikka bir qator takliflar berdik.
Elektron shartnoma – bu dasturiy ta’minot tizimi tomonidan modellashtirilgan, aniqlangan, bajarilgan va joylashtirilgan shartnoma. Elektron shartnomalar konseptual jihatdan an’anaviy (qog‘ozga asoslangan) tijorat shartnomalariga juda o‘xshash. Sotuvchilar o‘z mahsulotlarini, narxlarini va shartlarini istiqbolli xaridorlarga taqdim etadilar. Xaridorlar o‘zlarining imkoniyatlarini ko‘rib chiqadilar, narxlar va shartlar bo‘yicha kelishib oladilar, buyurtma berishadi va to‘lovlarni amalga oshiradilar. Keyin sotuvchilar sotib olingan mahsulotlarni yetkazib berishadi. Shunga qaramay, an’anaviy tijoratdan farqli o‘laroq, elektron tijorat yangi va qiziqarli texnik va huquqiy muammolarni tug‘diradi.
Elektron tijorat sohasidagi shartnomalar tizimi, bir tomondan, uni fuqarolik huquqining boshqa quyi tizimlaridan ajratib turadi, boshqa tomondan esa har qanday shartnomaviy munosabatlarga xos xususiyatlarga ega. Ushbu belgilar barcha fuqarolik shartnomalarida qo‘llaniladigan birlashtirilgan shakllarni shakllantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, elektron tijorat sohasidagi shartnomalar tizimi ko‘plab elementlardan iborat bo‘lib, ularning har biri fuqarolik shartnomasining maxsus huquqiy tartibga solishni talab qiladigan o‘ziga xos xususiyatlariga ega.
Internet orqali shartnomalar tuzish juda muammoli hisoblanadi. Shartnoma tuzish uchun provayder Internetga ulangan serverga ommaviy taklifni joylashtiradi. Tavsiya etilgan shartlar bo‘yicha shartnoma tuzishni istagan har qanday shaxs taklifni shartnoma shaklini tuzish va imzolash orqali qabul qiladi.
Internetda tuzilgan tashqi savdo shartnomalarini ikki turga bo‘lish mumkin: – aloqa vositasi sifatida, ya’ni faksning analogi sifatida Internet orqali tuzilgan shartnomalar; – huquqiy maydondagi kabi Internetda tuzilgan shartnomalar.

Elektron shartnomalarni tuzishda yuzaga keladigan asosiy muammolar: – shartnoma joyini aniqlashning qiyinligi; – shartnoma tuzish faktining isbotliligi, shartnomada keltirilgan ma’lumotlarning xavfsizligi va o‘zgarmasligi; – shartnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning maxfiyligi.
Elektron tijorat operatsiyalarida faqat Internet foydalanuvchilari ishtirok etishlari mumkin.
Nashr qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, har yili Internet orqali amalga oshiriladigan tovar aylanmasi hajmi 30-35 foizga oshadi.
Kompyuter orqali uzatiladigan shartnomaviy hujjatlarni avtorizatsiya qilish elektron raqamli imzodan foydalanish bilan ta’minlanadi, ammo bu aloqalarni o‘rnatgan pudratchilar o‘rtasida soddalashtirilishi mumkin.
Mamlakatimizda elektron raqamli imzolardan foydalanish O‘zbekiston Respublikasi “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tartibga solinadi.
Elektron raqamli imzo – elektron raqamli imzo yopiq kalitidan foydalangan holda ma’lumotlarning kriptografik o‘zgarishi natijasida olingan va ushbu elektron hujjatni qalbakilashtirishdan himoya qilish, elektron hujjatdagi ma’lumot buzilishining yo‘qligini aniqlash uchun mo‘ljallangan elektron hujjat rekviziti.
Elektron tijorat sohasiga kiradigan shartnomalar oddiy tijorat va fuqarolik-huquqiy shartnomalardan iborat. O‘zbekiston qonunchiligida Internetda fuqarolik-huquqiy shartnomalarni tuzishning maxsus huquqiy reglamenti mavjud emas. Internetda tuzilgan shartnomalar shartnomalar tuzish tartibi to‘g‘risidagi umumiy qoidalarga bo‘ysunadi.
Internetda shartnomalar tuzishda ko‘pincha unga noqulay shartlar kiritiladi, bu shartlarga shartnomaning kuchsiz tomoni ta’sir o‘tkazishga imkoni yo‘q va ularga rozi bo‘lishga majbur bo‘ladi.
Yuqoridagi xususiyatlar bilan bog‘liq holda, Internetda shartnomalar tuzishni huquqiy tartibga solish shartnoma erkinligi, vijdonanlik va qonunlarni suiiste’mol qilishga yo‘l qo‘yilmasligi tamoyillari asosida amalga oshirilishi kerak. Shartnoma tuzish jarayonida kuchsiz tomonni himoya qilish masalasi alohida e’tiborni talab qiladi.
Shunday qilib, fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining teng huquqliligi prinsipini ta’minlash uchun kontragentga shartnoma bo‘yicha qo‘shimcha majburiyatlarni yuklash talab etiladi. Darhaqiqat, hozirgi vaziyatda, aksariyat hollarda, zaif tomonning fuqarolik-huquqiy shartnomasini tuzishga qaratilgan irodasini ifodalashi faqatgina “Men roziman” tugmachasini bosish orqali ifodalanishi mumkin, aslida bu yetarli emas.
Yuridik adabiyotlarda keltirilishicha zaif tomon himoyasi shartnoma tuzish erkinligini cheklashning maqsadlaridan biridir. Zaif tomonning himoyasi shartnomani tuzish paytidan boshlanadi va uning ijrosi hamda shartnomani buzish tufayli javobgarlik bilan tugaydi.
Huquqni qo‘llash amaliyotida Internetda turli xil xususiyatlarga ega bo‘lgan fuqarolik- huquqiy shartnomalarini tuzish mexanizmlari uchraydi.
Internetda elektron shartnomalarni tuzishdagi tushunmovchiliklar va muammolarni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksini Internetda fuqarolik- huquqiy shartnomalarni tuzish bilan bog‘liq quyidagi qoidalar bilan to‘ldirish taklif etiladi: Taraflar munosabatida ofertaga yo‘naltirilgan prezumpsiyalarni o‘rnatish, ofertani joylashtirgan tomonga nisbatan Internetda taklif qilish o‘rniga mahsulot yoki xizmatlar taklif qilish; Oferta va aksept kelib tushgandan keyin avtomatik ravishda xabar berish majburiyatini o‘rnatish;

Tomonlarning joylashgan joyini ko‘rsatish majburiyatini, ayniqsa mamlakat domen nomi va kontragent joylashgan mamlakat o‘rtasida tafovut mavjud bo‘lganda; Internetda tuzilgan shartnoma matnining saqlanishini ta’minlash majburiyati; Shartnoma tuzish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni to‘ldirgandan so‘ng texnik xatolarni tuzatish uchun texnik imkoniyat bilan ta’minlash; Bir nechta shartnoma qoidalari variantlarini tanlash imkoniyati; Shartnomani bajarish joyini ko‘rsatish majburiyati; Qarama-qarshiliklar yuzaga kelganda shartnomalarni bajarish bo‘yicha kelishmovchiliklar va sud vakolatlarini ko‘rsatish majburiyati.

Ixtiyor Xolov, Buxoro tumanlararo ma’muriy sudi sudyasi

Мулк ҳуқуқига эгалик қилиш  тартиби ва соҳада учраётган муаммолар

Ўзбекистон Республикаси Конституциясида Ўзбекистон иқтисодиётининг негизини хилма-хил шакллардаги мулк ташкил этиши, барча мулк шаклларининг тенг ҳуқуқлилиги ва баб-баравар муҳофаза қилиниши ҳамда мулкдор мулкига ўз хоҳишича эгалик қилиши, ундан фойдаланиши ва уни тасарруф этиши белгиланган. Иқтисодий ҳаётнинг асосини ташкил этувчи мулк – ишлаб чиқариш воситаларини ва меҳнатнинг барча маҳсулотларини ўзлаштириш жиҳатидан кишилар ўртасидаги муносабат ҳисобланиб, бу муносабатлар синфлар ва ижтимоий гуруҳларнинг ишлаб чиқариш негизида тутган ўрнини, моддий неъматларни ишлаб чиқариш, тақсимлаш, айирбошлаш ва истеъмол қилиш усулини характерлайди. Мулкий муносабатлар ашёвий муносабатлар тарзида юридик жиҳатдан бошқарилгач ёки расмийлаштирилган ҳолатдан кейин улар мулк ҳуқуқи формасини олади.

Шу ўринда, мулк ўзи нима?- деган саволга жавоб бериб кетсак.

Мулк ҳуқуқи шахснинг ўзига қарашли мол-мулкка ўз хоҳиши билан ва ўз

манфаатларини кўзлаб эгалик қилиш, ундан фойдаланиш ва уни тасарруф этиш, шунингдек ўзининг мулк ҳуқуқини, ким томонидан бўлмасин, ҳар қандай бузишни бартараф этишни талаб қилиш ҳуқуқидан иборатдир. Мулк ҳуқуқи муддатсиздир, яъни мулк эгаси ўзига тегишли бўлган мулкдан абадий фойдаланиши, ўзининг мулк ҳуқуқини хоҳлаган вақтда тасарруф этиши мумкин. Ҳеч ким мулкдорга ўз мулкини эгаллаб туриш, ундан фойдаланиш ва уни тассарруф этиш учун муддат белгилаш ҳуқуқига эга эмас. Мулкка бўлган мол-мулкнинг миқдори ва қиймати чекланмайди.

Ўзбекистон Республикасида мулк хусусий мулк ва оммавий мулк шаклларига эга бўлиб, унинг субъектлари фуқаролар, юридик шахслар ва давлат ҳисобланади. Мулкнинг объектлари бўлиб, ер, ер ости бойликлари, сувлар, ҳаво бўшлиғи, ўсимлик ва ҳайвонот дунёси ҳамда бошқа табиий ресурслар, корхоналар, ашёлар, шу жумладан бинолар, квартиралар, иншоотлар, асбоб-ускуналар, хом ашё ва маҳсулот, пул, қимматли қоғозлар ва бошқа мол-мулклар ҳамда интеллектуал мулклар ҳисобланади.

Мулк ҳуқуқи меҳнат фаолияти, тадбиркорлик фаолияти, мулкни яратиш, кўпайтириш, битимлар асосида қўлга киритиш, давлат мулкини хусусийлаштириш, мерос қилиб олиш ва бошқа қонун ҳужжатларига зид бўлмаган асосларда вужудга келади. Ўзбекистон Республикаси Конституциясида Ўзбекистон иқтисодиётининг негизини хилма-хил шакллардаги мулк ташкил этиши, барча мулк шаклларининг тенг ҳуқуқлилиги ва баб-баравар муҳофаза қилиниши ҳамда мулкдор мулкига ўз хоҳишича эгалик қилиши, ундан фойдаланиши ва уни тасарруф этиши белгиланган.

Иқтисодий ҳаётнинг асосини ташкил этувчи мулк – ишлаб чиқариш воситаларини ва меҳнатнинг барча маҳсулотларини ўзлаштириш жиҳатидан кишилар ўртасидаги муносабат ҳисобланиб, бу муносабатлар синфлар ва ижтимоий гуруҳларнинг ишлаб чиқариш негизида тутган ўрнини, моддий неъматларни ишлаб чиқариш, тақсимлаш, айирбошлаш ва истеъмол қилиш усулини характерлайди. Мулкий муносабатлар ашёвий муносабатлар тарзида юридик жиҳатдан бошқарилгач ёки расмийлаштирилган ҳолатдан кейин улар мулк ҳуқуқи формасини олади.

            Кўчмас мулк жумласига кирмайдиган мол-мулк кўчар мулк ҳисобланади. Кўчар мулкка бўлган ҳуқуқни рўйхатдан ўтказиш талаб этилмайди, қонунда назарда тутилган (автомототранспорт воситалари, тракторлар, тиркамалар) ҳоллар бундан мустасно.

Фуқаролик ҳуқуқий муносабатларда шундай мулк шакллари борки, уларни бошқаришва тасарруф қилишда бошқа мулкдорларнинг розилиги талаб этилади.

Жумладан, улушли мулк (масъулияти чекланган жамиятлар, акциядорлик жамиятлари ёки эр-хотининг биргаликдаги турмуши давомида ортирилган мулклар ва ҳаказо). Икки ёки ундан ортиқ шахснинг эгалигида бўлган мол-мулк уларга умумий мулк ҳуқуқи асосида тегишли бўлади.

Мазкур мулкни яхшилаш, кўпайтириш ва бошқа хўжалик юритуви билан боғлиқ харажатларни сотиш, ҳадя қилиш, айирбошлаш ва ҳаказоларни амалга оширилишида, бошқа мулкдорларнинг розилиги талаб этилади.

Бугунги кунга келиб, фуқаролар ўртасида автотранспорт воситаларини олди-сотди жараёнида кўплаб кузатилаётган ҳолат шуки, мулк эгаси ўз кўчар мулкини яьни автомобилини нотариал тасдиқланган ишончнома орқали бошқа шахсга фойдаланиш, тасарруф этиш ва сотиш ҳуқуқи билан бермоқда. Бу эса амалиётда кўплаб муаммоларни келтириб чиқармоқда.

Ўзбекистон Республикасининг “Нотариат тўғрисида”ги қонуннинг 47-моддасида нотариуслар бир ёки бир неча шахс номидан бир ёки бир неча шахс номига ёзилган ишончномаларни тасдиқлайди. Ўз ваколатини бошқа шахсга ишониб топшириш тартибида берилган ишончнома шундай ишониб топшириш ҳуқуқи кўрсатиб қўйилган асосий ишончнома тақдим этилганидан кейин ёки асосий ишончнома бўйича вакил ишончнома берган шахснинг манфаатларини ҳимоя қилиш учун вазият тақозоси билан шундай иш тутишга мажбур бўлганлиги ҳақида далиллар тақдим этганидан кейин нотариал тасдиқланиши керак. Ўз ваколатини бошқа шахсга ишониб топшириш тартибида берилган ишончнома асосий ишончнома бўйича берилганидан кўпроқ ҳуқуқни қамраб олмаслиги керак. Ўз ваколатини бошқа шахсга ишониб топшириш тартибида берилган ишончноманинг амал қилиш муддати бу ишончномани беришга асос бўлган асосий ишончноманинг амал қилиш муддатидан ортиқ бўлиши мумкин эмас”, деб белгиланган.  “Нотариуслар томонидан айрим нотариал ҳаракатларни амалга ошириш тартиби тўғрисида”ги маьмурий регламентларни тасдиқлаш ҳақида Ўзбекистон Респуликаси Вазирлар Маҳкамасининг 2020 й ил 18 ноябрдаги 726-сонли қарорига кўра нотариуслар томонидан автомототранспорт воситаларини бошқа шахсга ўтказиш ҳақидаги битимларни тасдиқлашнинг 16-бобида битим вакил томонидан тузилган тақдирда, унинг ваколати текширилади. Вакилнинг ваколати унинг номига берилган ишончнома ва (ёки) ваколатини тасдиқловчи бошқа ҳужжатлар (қарор, умумий мажлис баённомаси, кузатув кенгашининг қарори, буйруқ ва ҳ.к.) билан тасдиқланади. Нотариал тасдиқланган ишончноманинг бекор бўлган ёки бўлмаганлиги ҳақидаги маълумот тизим орқали текширилади.

9-бобида битимни тасдиқлаш учун тўловларни амалга ошириш тартиби белгиланган. Яьни битимни тасдиқлашда нотариус томонидан “Давлат божи тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикасининг Қонуни билан тасдиқланган Давлат божи ставкаларининг миқдорларига асосан давлат божи ва Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги томонидан белгиланадиган Нотариуслар томонидан амалга ошириладиган ҳуқуқий

ва техник тусдаги қўшимча ҳаракатлар учун ундириладиган тўловлар миқдорлари доирасида ҳуқуқий ва техник тусдаги қўшимча ҳаракатлар амалга оширилганлиги учун ҳақ ундирилади. Ўзбекистон Республикасининг “Давлат божи тўғрисида”ги қонуннинг 3-моддасида давлат божи турлари белгиланган. Давлат божи юридик  аҳамиятга молик ҳаракатларни амалга оширганлик ва (ёки) бундай ҳаракатлар учун ваколатли муассасалар ва (ёки) мансабдор шахслар томонидан ҳужжатлар берганлик учун ундириладиган мажбурий тўловдир.

5-моддасида ундириш объектлари нотариуслар ва Ўзбекистон Республикасининг консуллари томонидан нотариал ҳаракатларни амалга оширганлик учун ундирилади, деб белгиланган. “Давлат божи тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси қонунида айнан шу каби жараёнлар учун давлат божи ставкаларининг миқдори белгиланган. Хусусан, автомототранспорт воситаларини бошқариш ва тасарруф қилиш ҳуқуқини берувчи ишончномаларни ва автомототранспорт воситаларидан текин фойдаланиш шартномаларини тасдиқлаганлик учун мулкдорнинг хотинига (эрига), унинг ва хотинининг (эрининг) ота-онасига, болаларига ва уларнинг эрига ёки хотинига, набираларига, бувиларига, буваларига, ака-укалари ва опа-сингилларига, жиянларига БҲМнинг 50 фоизи миқдорида, бошқа шахсларга БҲМнинг 3 баравари миқдорида тўланади. Фуқаролик ҳуқуқи нормаларида агар умумий мулкдорлардан бири мулкни яхшилаш учун қилаётган харажатларини бошқа мулкдорнинг розилигисиз амалга оширган тақдирда, бошқа мулкдор (қилинган сарф мулкни яхшилаш учун сарфланган бўлса ҳам) сарфланган пул маблағи учун хисса қўшиш мажбуриятини олмайди ва мулкни яхшилаш учун сарф қилган мулкдор (розилик олмаган) да бошқа мулкдорлардан талаб қилиш ҳуқуқини келтириб чиқармайди. Давлат мулк шаклларини ривожлантириш мақсадида мулк ҳуқуқи субъектлари ҳуқуқларининг тенглигини таъминлайди ва унинг ҳимоя қилинишини кафолатлайди.

Мулкка нисбатан эгалик қилиш, фойдаланиш ва тасарруф этиш ҳуқуқлари мавжуд бўлиб, улар нимани англатади?

Эгалик қилиш ҳуқуқи – мулкдорнинг ўз мулкига жисмонан, моддий ва ҳуқуқий жиҳатдан эгалик қилиниши кўзда тутилади.

Фойдаланиш ҳуқуқи – жисмоний ва юридик шахсларнинг ўз мулкининг фойдали жиҳатлари, хусусиятларидан турли эҳтиёжларнинг (шахсий ёки ишлаб чиқариш билан боғлиқ эҳтиёжларини) қондириш билан боғлиқ фаолиятини белгиловчи ҳуқуқлар бўлиб, мол-мулк эгасининг ҳуқуқларидан бири, бойлик ва мол-мулкдан белгиланган тартибда фойдаланишидир.

Тасарруф этиш ҳуқуқи – мулкдор ўз мол-мулкининг тақдирини мазкур мол-мулкка нисбатан юридик ҳужжатларни тузиш йўли билан белгилаш, яъни сотиш, ҳадя қилиш, ижарага бериш, гаровга бериш, ҳомийлик мақсадларида бериш, мерос қолдириш ва бошқа фаолият билан боғлиқ ҳуқуқлар бўлиб, бунда мулкдор ким ва қандай ҳолда фойдаланишини ҳал этади. Тасарруф этиш ҳуқуқига эга бўлган шахс мулк эгасининг асосий ваколатларини амалга ошириш ҳуқуқи асосида мулк объектидан фойдаланиш йўл-йўриғини белгилаш, мулкни сотиш, ижарага бериш, ҳадя этиш ҳуқуқига эга бўлади. Амалда мулкни тасарруф этиш ҳуқуқига реал эга бўлган шахсгина ҳақиқий мулк эгаси ҳисобланади, яъни бир сўз билан айтганда, тасарруф этиш ҳуқуқи мулкка нисбатан мутлақ ҳуқуқни беради.

Мулк ҳуқуқи, мулкдорга маълум даражада масъулиятни келтириб чиқаради, яъни мулкдан фойдаланишда мулкдорлар – фуқаролар, юридик шахслар ва давлатнинг ҳуқуқларини, қонун билан қўриқланадиган манфаатларини бузмаслиги, экологик муҳитга зарар етказмасликлари шарт.

Мулк ҳуқуқи – фуқаронинг ҳуқуқ лаёқати (туғилиш давридан) бошлаб вужудга келиши мумкин, яъни янги туғилган боланинг мерос олиши, ҳадя олиши ва ҳаказолар асосида мулк ҳуқуқи вужудга келиши мумкин.

Аммо, мазкур мулк ҳуқуқининг вужудга келиши асосида мулкдан фойдаланиш ёки уни тасарруф этиш ҳуқуқи фуқаронинг муомала лаёқати даврининг кириб келиши (18 ёшга тўлганидан сўнг) асосида вужудга келади.

Ўзбекистон Республикаси Фуқаролик кодексининг 28-моддасига асосан ўн олти ёшга тўлган вояга етмаган шахс меҳнат шартномаси бўйича ишлаётган бўлса ёки ота-онаси, фарзандликка олувчилари ёхуд ҳомийсининг розилигига биноан тадбиркорлик фаолияти билан шуғулланаётган бўлса, у тўла муомала лаёқатли деб эълон қилиниши мумкин ёки 29-моддасида ўн тўрт ёшга етмаганлар томонидан фақатгина майда маиший битимлар, текин манфаат кўришга қаратилган, нотариал

тасдиқланишни ва давлат рўйхатидан ўтказишни талаб этмайдиган битимлар ҳамда қонуний вакил ёки унинг розилиги билан учинчи шахс томонидан муайян мақсад ёки эркин тасарруф этиш учун берилган маблағларни (кам миқдордаги пул суммаси билан олди-сотди битимлари) тасарруф этиш борасидаги битимларни тузишлари мумкин.

Вояга етмаганларнинг мулкини ота-оналар, фарзандликка олувчилар ва

ҳомийларнинг мулкни хадя қилиш билан боғлиқ тузилган битимлари ўз-ўзидан ҳақиқий эмас.

Мулк ҳуқуқи қуйидаги холларда бекор қилиниши, тугатилиши мумкин.

Жумладан, мулкдорнинг мулкни сотиб юбориши, хадя қилиши ёки айирбошлаш натижасида, мулкнинг буткул нобуд бўлиши, Фуқаролик кодексининг 202-моддасига асосан национализация, яъни мулк ҳуқуқини ҳақ тўлаш эвазига давлат ихтиёрига ўтказилиши, 203-моддасига асосан реквизиция, яъни форс мажор (табиий офатлар, авриялар, эпидемиялар, эпизоотиялар) ҳолатларида ҳақ тўлаш эвазига олиб қўйилиши, мусодара қилинганда ва бошқа қонунда белгиланган ҳолатларда. Хусусий мулк бошқа мулк шакллари каби дахлсиз ва давлат ҳимоясида белгиланган.

Юқорида қайд этиб ўтилганидек, автотранспорт воситалари бошқа бир шахсга тасарруф этиш ҳуқуқи билан ишончнома орқали бериш ҳуқуқига эга. Аммо амалиётда ишончнома орқали автотранспортни бошқариб келаётган фуқаро йўл ҳаракати қоидасини бузиб, фоторадарга тушган тақдирда, жарима мулк эгаси бўлган шахсга нисбатан қўлланилади. Қонунчиликда эса ҳуқуқубузарлик содир этган шахс содир этган ҳуқуқбузарлигига нисбатан қонунда белгиланган тартибда жавобгарликка тортилиши белгиланган.

Ваҳоланки, белгиланган жарима ҳуқуқбузарлик содир этмаган шахс номига расмийлаштирилиб, бир вақтнинг ўзида мулкга бўлган ҳуқуқ эгаси яъни мулкдор жаримага тортилишига сабаб бўлмоқда.

            Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Суд ҳужжатлари ва бошқа органлар ҳужжатларини ижро этиш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги 6118-сонли фармонининг 12-бандида 2020 йил 1 декабрдан бошлаб, жиноят натижасида давлатга етказилган зарар, давлат божлари, жиноий ва маъмурий жарималар, давлат фойдасига бошқа турдаги ундирувлар ҳамда давлат даромадига ўтказиладиган олиб қўйилган мол-мулкни сотишга оид ижро ҳужжатлари бўйича келиб тушган маблағлар алоҳида ғазначилик ҳисобрақамида жамланади ва белгиланган миқдорда «Темир дафтар», «Аёллар дафтари» ва «Ёшлар дафтари»га киритилган фуқароларни қўллаб-қувватлаш учун очилган ҳисоб рақамларига пропорционал тартибда йўналтирилади.

Мазкур бандда назарда тутилган ижро ҳужжатлари бўйича келиб тушган маблағларнинг олувчилар ва бюджет тизими бюджетлари даражалари ўртасидаги тақсимоти маблағларнинг белгиланган қисми «Темир дафтар», «Аёллар дафтари» ва «Е􀇆 шлар дафтари»га киритилган фуқароларни қўллаб-қувватлаш учун очилган ҳисоб рақамларига ўтказилганидан кейин амалга оширилиши белгиланиши кўрсатилган.

Юқоридаги вазиятлардан келиб чиққан ҳолда, тегишли қонунчиликка қуйидаги таклифларни келтириб ўтмоқчимиз:

Биринчидан, автотранспортни ишончнома орқали олаётган шахсга(ишончли вакилга) ундан фойдаланиш, сотиш ҳуқуқини бермасдан, фақатгина автотранспорни бошқариш ҳуқуқини берилиши;

Иккинчидан, кўчар мулкларни(автомобилларни) олди-сотди шартномасида тўланадиган давлат божларини яьни нотариус учун бож, Давлат йўл ҳаракати инспекцияси божларини бирлаштириб, фақат бир томонлама тўлов қилинишини таьминлаш каби қоидаларни Ўзбекистон Республикасининг “Давлат божи тўғрисида”ги қонунга киритилишини таклиф қиламиз.

Хулоса қилиб айтадиган бўлсак, фуқароларнинг мулк хуқуқи билан боғлиқ муносабатларни тартибга солиш натижасида, жамиятдаги давлат ва фуқаролар ўртасидаги ечимини кутаётган муаммолар ҳам ҳал этилади. Шунингдек, соҳага оид норматив-ҳуқуқий ҳужжатларнинг амалиётда ижроси таьминланишига ҳам туртки бўлади, деб ҳисоблаймиз.

Юлдузхон Абдуғаффорова, Бухоро вилоят маъмурий суди архив мудираси

Ma’muriy hujjatlarni tayyorlash. Ma’muriy hujjatlar tizimi

Ma’muriy hujjatlarning umumiy turlari – qarorlar, qarorlar, buyruqlar, buyruqlar, ko’rsatmalar.

Barcha ma’muriy hujjatlar GOST R 6.30-2003 «Tashkiliy va ma’muriy hujjatlarning yagona tizimlari» ga muvofiq bo’lishi kerak. Hujjatlarga qo’yiladigan talablar. Boshqaruv hujjatlari qonunlar, yuqori turuvchi organlarning qarorlari va farmoyishlari asosida yoki ularni bajarish maqsadida yoki rahbarning vakolatlari va vakolatlari doirasida chiqariladi.
Ma’muriy hujjatlarni tayyorlash murakkab jarayondir. Bu mansabdor shaxslardan biriga yoki ishchi guruhga ishonib topshirilishi mumkin.

Ma’muriy hujjatlarni tayyorlash quyidagi bosqichlarni o’z ichiga olishi mumkin:

Muammoning mohiyatini o’rganish;

Ma’muriy hujjat loyihasini tayyorlash;

Hujjatni tasdiqlash;

Hujjatni imzolash.

Kollegial organning (direktorlar kengashi, kasaba uyushma qo’mitasi) qarorlari va qarorlari uchun ushbu hujjatlarni kollegial organ majlisida muhokama qilish va qabul qilish bosqichi qo’shiladi.

Qanday qilib to’g’ri chiqarish bo’yicha ko’rsatmalar

Buyurtma – huquqiy akt o’z vakolatlari doirasida tezkor tashkiliy, kadrlar va ichki ishning boshqa masalalarini hal qilish uchun rahbar tomonidan nashr etiladi.
Buyurtma shaklda chiqariladi va o’z ichiga oladi quyidagi tafsilotlar: tashkilot nomi, hujjat turining nomi, sanasi, ro’yxatga olish raqami, tuzilgan joyi, matn nomi, matn, imzo. Buyruq, agar matnda boshqa muddat ko’rsatilmagan bo’lsa, rahbar tomonidan imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi.

Uchrashuv bo’yicha buyruqlar asosiy faoliyat va xodimlar uchun buyurtmalarga bo’linadi.
Buyurtma matni, qoida tariqasida, ikki qismdan iborat: aniqlovchi va ma’muriy. Aniqlovchi qism belgilangan harakatlarning maqsad va vazifalarini, buyruqni chiqarish sabablarini aks ettiradi va buyruqni tayyorlash uchun asos bo’lgan hujjatga havolani beradi. Ma’muriy qismda belgilangan harakatlar, ularning bajarilishi uchun mas’ul bo’lgan mansabdor shaxslarning nomlari va ularni amalga oshirish muddatlari ko’rsatilgan. Ma’muriy qism ko’rsatilgan qismdan bosilgan «buyurtma qilaman» so’zi bilan ajratiladi Bosh harflar va yo’g’on nuqta qo’ying. Buyruq matnining maʼmuriy qismi, qoida tariqasida, arab raqamlari bilan nuqtalar bilan raqamlangan paragraflarga boʻlinadi. Har bir paragrafda ijrochi ko’rsatilgan ( ijrochi) amalga oshiriladigan chora-tadbirlar va to’lash muddati. Ijrochi belgi holatida ko’rsatiladi. Siz umumlashtirilgan tarzda ham belgilashingiz mumkin, masalan: kasaba uyushma tashkilotlari raislari. Ma’muriy qismning har bir bandi noaniq shaklda fe’l bilan ifodalangan muayyan harakatni ko’rsatish bilan boshlanadi – «tayyorlash», «tashkil etish», «ta’minlash», «ishlab chiqish» va boshqalar.

Nozim Rashidov, Buxoro viloyat ma’muriy sudi sudya katta yordamchisi

Skip to content