Биз бир миллатмиз. Бир жамиятмиз. Бир биримизни қўллаб-қувватлаган ҳолда фаолият юритамиз ва яшаймиз. Асосий йўлбошчилигимиз, қаричимиз, одиллик тарозумиз бу-Ўзбекистон Республикаси Қомусидир. Мазкур қомусда ҳар бир ҳуқуқ, йўлимиз белгилаб берилган. Мисол учун Конситуциямизнинг 11-боб 14-моддасида “Давлат ўз фаолиятини инсон фаровонлиги ва жамиятнинг барқарор ривожланишини таъминлаш мақсадида қонуний, ижтимоий адолат ва бирдамлик принциплари асосида амалга оширилади» деб ёзилган. Биз бугун 33 йиллик Мустақил ҳаётимизда 14- моддадаги талаблар гувоҳи бўляпмиз. Яна бир янгилик. Нуронийларимизга, энг кам миқдордаги нафақа оладиган қарияларимизга ҳар ойида 500 000 сўм қўшимча пул тўланадиган бўлди. Бу ниманинг белгиси ? Адолат, бирдамлик ва меҳрибончилик белгисиким, бизнинг мамлакатда илдиз отиб кетяпти.
2024 йил 26 ноябрь куни Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги Бухоро вилоят Юридик техникуми талабалари, профессор ўқитувчилари, Тошкент давлат юридик университети профессор ўқитувчилари, Адлия бошқармаси, Бухоро вилоят маъмурий суди, Ўзбекистон Республикаси Адвокатлар палатаси Бухоро вилоят ҳудудий бошқармаси иштирокида “Янги Ўзбекистон Конституциясида шахс ва давлат манфаатларининг уйғунлиги” мавзусидаги Республика илмий-амалий конференцияси бўлиб ўтди.
Унда Бухоро вилоят маъмурий судининг судьяси Г.Муллабаева сўзга чиқиб, Инсон ҳамда фуқаронинг ҳуқуқ ва эркинликлари кафолатлари ҳақида маъруза қилди.
Ўзбексистон Республикаси Конституциясининг 55-моддасига мувофиқ, ҳар ким ўз ҳуқуқ ва эркинликларини суд орқали ҳимоя қилиш, давлат органларининг ҳамда бошқа ташкилотларнинг, улар мансабдор шахсларининг қонунга хилоф қарорлари, ҳаракатлари ва ҳаракатсизлиги устидан судга шикоят қилиш ҳуқуқи кафолатланади.
Шунингдек, Конституция тўғридан тўғри амал қилади. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси мамлакатнинг бутун ҳудудида олий олий юридик кучга эга, тўғридан тўғри амал қилади ва ягона ҳуқуқий маконнинг асосини ташкил этади. Конституциянинг тўғридан тўғри амал қилиши фуқароларга нафақат қонунлар, балки бевосита конституциядаги нормаларга ҳам асосланган ҳолда иш олиб боришга, хусусан судга мурожаат қилишга имкон беради.
Барча ноаниқликлар-инсон фойдасига.
Инсон билан давлат органларнинг ўзаро муносабатларида юзага келадиган қонунчиликдаги барча зиддиятлар ва ноаниқликлар инсон фойдасига талқин этилади.
Бухоро вилоят маъмурий судининг архив мудири Ю.Абдугаффарова сўзга чиқиб, илмий-амалий конференция дастурига асосан “Янги Ўзбекистон Конституциясининг ижтимоий адорлат тамойиллари” мавзусида маъруза қилди.
2023 йил 1 майдаги “Ўзбекистон Республикаси Конституцияси тўғрисида” ги Конституциявий қонун 2023 йил 30 апрел куни ўтказилган Ўзбекисттон Республикаси референдумида умумхалқ овоз бериш орқали қабул қилинди. Қонунга асосан 1992 йил 8 декабрда қабул қилинган Ўзбекистон Республикасининг Конституциясига ўзгартиш ва қўшимчалар киритилди, унинг янги таҳрири тасдиқланди. Конституциявий Қонун референдум якунлари Ўзбекистон Республикаси Марказий сайлов комиссияси томонидан расмий эълон қилинган кундан эътиборан 2023 йил 1 майда кучга кирди.
Янги таҳрирдаги Конституция муқаддима, олти бўлим, 27 боб, 155 моддадан иборат. Моддалар сони 128 тадан 155 тага, ундаги нормалар 275 тадан 434 тага ошди. Конституция 65 % га янгиланди.
Ўзбекистон ўзини ижтимоий давлат деб эълон қилиши билан, ҳар бир фуқаросига муносиб турмуш кечириши учун шарт-шароит яратиш мажбуриятини олмоқда. Бу- мавжуд ресурсларни ижтимоий адолат тамойиллари асосида тақсимлаш, жамиятда кучли табақаланиш авж олишига йўл қўймаслик, энг заиф қатламлар учун ҳам сифатли таълим ва тиббиёт кафолатланиши, самарали ижтимоий ҳимоя дастурлари ишлаши, имконияти чекланган ва қўлловга муҳтож фуқароларни қўллаб-қувватлаш, адолатли меҳнат қонунчилиги ва жозибадор пенсия тизими кабиларни англатади. Оддийроқ айтганда, энг камбағал оиланинг болаларида ҳам соғ-саломат ўсиб-улғайиб, яхши таълим олиб, фаровонликка эришиш имконияти бўлиши керак.
Ижтимоий адолат-бу жамиятни барқарор ривожлантиришнинг асосий шартидир ва у давлатнинг бош мақсадлари қаторига киради. Ушбу мақсадни амалга ошириш учун Конституцияда қуйидапги муҳим жиҳатлар белгилаб қўйилган:
Ҳар бир фуқаронинг тенг ҳуқуқлиги кафолатланган. Конституция барча фуқароларга тенг ҳуқуқ ва имкониятлар белгиланишини таъминлайди. Бу ирқ, миллат, жинс, дин ва бошқа хусусиятга кўра камситишнинг олдини олишга қаратилган. Тенглик тамойили ижтимоий адолатнинг пойдеворини ташкил қилади, чунки фуқаролар орасида адолатли муносабатлар шаклланиши учун у муҳимдир.
Давлат томонидан ижтимоий ҳимоя тизими мустаҳкамланган. Конституция давлатни фуқароларнинг ижтимоий ҳимоясини таъминлашга мажбур қилади. Бу нафақат заиф гуруҳларни қўллаб-қувватлашни, балки ишсизлик, кексалик, ногиронлик каби ҳолатларда ҳар бир фуқарога муносиб ҳаёт кечириш имкониятларини яратишни ҳам ўз ичига олади.
2023-yil 30-aprelda o’tkazilgan umumxalq referendumiga ko’ra, Konstitutsiyamizdagi moddalar 128 tadan 155 taga, normalari esa 275 tadan 434 taga ko‘paymoqda. O‘zgartish va qo‘shimchalarda inson erki, qadr-qimmati asos qilib olindi. Jumladan, aybsizlik prezumpsiyasi, uy-joy daxlsizligi, qonunda cheklanmagan har qanday faoliyat turi bilan shug‘ullanish erkinligi, ishsizlikdan himoyalanish kabi normalar kiritildi.
Bugungi kunda yurtimizda ta’lim sohasiga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Buning yaqol misoli sifatida yangilangan konstitutsiyamizda o‘qituvchilarga katta e’tibor qaratilganligini olishimiz mumkin. Boshqa biror bir kasb nomi alohida konstitutsiyamizda ko’rsatilinmagan. Faqatgina o’qituvchilik kasbi yangilangan konstitutsiyamiz tilga olingan va konstitutsiyamizning 52-moddasi o’qituvchi kasbiga bag’ishlangan. Unda quyidagicha bayon qilingan:
“O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e’tirof etiladi.
Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.”
Shuni ham inobatga olish lozimki, ta’lim va ilm-fanga oid normalar qariyb 2 barobarga ko‘paygan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o‘qituvchilar va ta’lim tizimining ahamiyati haqida bir qator qoidalar mavjud. Ta’lim sohasiga oid asosiy tamoyillar, o‘qituvchilarning huquqlari va majburiyatlari quyidagi jihatlarni o‘z ichiga oladi:
1. Ta’lim huquqi: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ko‘ra, har bir fuqaro ta’lim olish huquqiga ega. Bu, o‘qituvchilarning ta’lim berishdagi roli va mas’uliyatini oshiradi.
2. O‘qituvchilarning huquqlari: O‘qituvchilar, o‘z ish faoliyatida mustaqil ravishda ta’lim berish, pedagogik jarayonni tashkil etish va o‘quvchilarning rivojlanishiga hissa qo‘shish huquqiga ega.
3. Ijtimoiy himoya: O‘qituvchilarni ijtimoiy himoya qilish, ularning mehnat sharoitlarini yaxshilash va kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanishi mumkin.
4. Ta’lim sifatini oshirish: O‘zbekiston hukumati ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan dasturlar ishlab chiqishi va amalga oshirishi, shuningdek, o‘qituvchilarning malakasini oshirishga e’tibor berishi zarur.
5. Yoshlar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi aloqalar: O‘qituvchilar yosh avlodni tarbiyalashda muhim rol o‘ynaydi, shuning uchun ularning ijtimoiy va madaniy faoliyatlarda ishtiroki ta’minlanishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ta’lim tizimini rivojlantirish va o‘qituvchilarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan muhim asoslarni belgilaydi. Bu, o‘z navbatida, mamlakatning kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksida ota-ona hamda voyaga yetmagan bolalarning huquq va majburiyatlari belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o‘z ota-onasini bilish, ularning g‘amxo‘rligidan foydalanish, ular bilan birga yashash huquqiga ega, bola manfaatlariga zid bo‘lgan holatlar bundan mustasno.
Bola o‘z ota-onasi tomonidan tarbiyalanishi, o‘z manfaatlari ta’minlanishi, har taraflama kamol topishi, insoniy qadr-qimmatlari hurmat qilinishi huquqiga ega.
Bolaning ota-onasi bo‘lmaganda yoki ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda va bola ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan boshqa hollarda uning oilada tarbiyalanish huquqi vasiylik va homiylik organi tomonidan ta’minlanadi.
Bola otasi, onasi, bobosi, buvisi, aka-ukalari, opa-singillari va boshqa qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqiga ega. Ota-onasining nikohdan ajralishi, nikohning haqiqiy emas deb topilishi yoki ota-onaning boshqa-boshqa yashashi bolaning huquqlariga ta’sir qilmaydi.
Ota va ona alohida yashagan holda bola ularning har biri bilan ko‘rishish huquqiga ega. Ota-ona turli davlatlarda yashagani taqdirda ham bola ular bilan ko‘rishish huquqiga ega.
Favqulodda vaziyatlarga tushib qolgan bola (ushlab turish, qamoqqa olish, hibsga olish, davolash muassasasida bo‘lish va boshqa hollarda) o‘z ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan qonunda belgilangan tartibda ko‘rishish huquqiga ega.
Bola o‘z huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish huquqiga ega.
Bolaning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uning ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar), Oila kodeksda nazarda tutilgan hollarda esa vasiylik va homiylik organi, prokuror va sud tomonidan amalga oshiriladi.
Voyaga yetmagan bola qonunga muvofiq to‘la muomala layoqatiga ega deb e’tirof etilsa, u o‘z huquq va majburiyatlarini, shu jumladan, himoya huquqini mustaqil amalga oshirishga haqlidir.
Bola ota-ona (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan qilinadigan suiiste’molliklardan himoyalanish huquqiga ega.
Bolaning huquq va qonuniy manfaatlari buzilganda, shu jumladan, ota-ona (ulardan biri) bolani tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganda yoxud ota-onalik huquqlarini suiiste’mol qilganda bola o‘z huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini so‘rab, vasiylik va homiylik organiga, o‘n to‘rt yoshga to‘lgandan keyin esa mustaqil ravishda sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Bolaning hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganligidan, uning huquq va qonuniy manfaatlari buzilganligidan xabardor bo‘lgan shaxslar bu haqda bola ayni paytda yashab turgan joydagi vasiylik va homiylik organiga ma’lum qilishi shart. Shunday ma’lumotlarni olgach, vasiylik va homiylik organi bolaning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan zarur choralar ko‘rishi zarur.
Oilada bolaning manfaatlariga taalluqli har qanday masala hal qilinayotganda bola o‘z fikrini ifoda qilishga, shuningdek har qanday sud muhokamasi yoki ma’muriy muhokama davrida so‘zlashga haqlidir.
Oliy Majlis O‘zbekiston Respublikasining eng yuqori qonun chiqaruvchi organidir. U ikki palatadan iborat: Qonunchilik palatasi (pastki palata) va Senat (yuqori palata). Oliy Majlisning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Qonun chiqarish: Oliy Majlis yangi qonunlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi, shuningdek, mavjud qonunlarga o‘zgartirishlar kiritadi.
2. Budjetni tasdiqlash: Oliy Majlis davlat budjetini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi, bu esa mamlakat iqtisodiy siyosatini belgilaydi.
3. Ijro etuvchi hokimiyatni nazorat qilish: Oliy Majlis hukumat faoliyatini nazorat qiladi va ijro etuvchi hokimiyatning hisobotlarini tinglaydi.
4. Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash: Oliy Majlis xalqaro shartnomalarni tasdiqlash huquqiga ega.
Qonunchilik palatasida 150 deputat bo‘lib qonunchilikda belgilangan tartibda saylovlar orqali saylanadi. Senatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — to‘rt kishidan saylanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘qqiz nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi mutlaq vakolatlari quyidagilardan iborat:
1) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
2) O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish;
3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko‘rib chiqish va ma’qullash;
4) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan, shuningdek Vazirlar Mahkamasi a’zolarining o‘z faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish;
5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodlarni ko‘rib chiqish va ma’qullash;
6) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari bo‘yicha har yilgi ma’ruzasini eshitish;
7) davlat organlarining mansabdor shaxslariga parlament so‘rovini yuborish va parlament nazoratining boshqa shakllarini amalga oshirish;
8) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarning raislari va ularning o‘rinbosarlarini saylash;
9) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi masalalarni hal etish;
10) o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;
11) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlatning ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish;
12) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o‘zini o‘zi tarqatib yuborish to‘g‘risida deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan qaror qabul qilishi mumkin.
Oliy Majlisning faoliyati O‘zbekistonning siyosiy hayotida muhim rol o‘ynaydi va mamlakatning rivojlanishida katta ahamiyatga ega.
Huquqbuzarliklarning xususiyati va belgilariga qarab to‘rtta guruhga ajratib olish mumkin. Bular: jinoiy, ma’muriy, intizomiy va fuqaroviy huquqbuzarliklardir. Ana shu huquqbuzarliklar ichida bir-biriga nisbatan o‘xshashroq bo‘lgani jinoiy va ma’muriy huquq buzarliklardir. Ularning tajovuz qilish obyektlari ham ko‘p hollarda bir xil. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2-moddasida jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan obyektlar ko‘rsatilgan bo‘lib, shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzdan qo‘riqlash nazarda tutilsa, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 10-moddasida shaxsga, fuqarolarning huquqlariga va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi qonuniy aybli qilmishlar nazarda tutiladi. Jinoiy javobgarlik jinoyat kodeksida ta’qiqlangan qilmish sodir etilgan taqdirdagina qo‘llanadigan javobgarlikning eng og‘ir turidir. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi jinoyat kodeksi 16-moddasida, jinoyat uchun javobgarlik —jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan sud tomonidan hukm qilish, jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishida ifodalanadigan jinoyat sodir etishning huquqiy oqibatidir.
Jinoyat sodir qilish paytida qonunda belgilangan yoshga yetgan shaxslargina jinoyatning subyekti bo‘ladilar. Qonunda belgilangan yoshga yetmagan kichik yoshdagilar o‘zlarining yoshi, ruhiy va jismoniy rivojlanishijihatidan o‘z qilmishlari uchun hali to‘la javob bera olmaydilar, o‘z harakat (yoki harakatsizlik)larini to‘la boshqara olmaydilar. O‘n to‘rt yoshga to‘lmaganlar kichik yoshdagilar hisoblanib, o‘z harakatlarining ijtimoiy xavfliligini, jinoyat ekanligini (javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish bundan mustasno) hali to‘la anglab yeta olmaydi. O‘n to‘rt yoshga to‘lganlar esa ayrim qilmishlarning jinoyat ekanligini anglaydi, o‘z harakatlarini to‘la boshqara oladi. Shuning uchun jinoyat kodeksining 17-moddasida o‘n to‘rt yoshdan jinoyat subyekti bo‘lishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning ro‘yxati berilgan. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga jarima axloq tuzatish ishlari, qamoq, ozodlikdan mahrum qilish kabi asosiy jazolar qo‘llanilishi mumkin. Voyaga yetmaganlarga qo‘shimcha jazolar tayinlanishi mumkin emas. Jinoyat kodeksida voyaga yetmaganlarning jinoyat sodir etishi jazoning yengillashtiruvchi holati (55-modda), yosh bola shaxsiga nisbatan jinoyat sodir etish, jinoyatni og‘irlashtiruvchi holat deb belgilanadi. Endi har bir jazo chorasi haqida alohida to‘xtalib o‘tsak:
Jarima—bu jinoyat qilgan insondan davlat hisobiga pul undirishdir. Jarima faqat 16 yoshga to‘lgan voyaga yetmaganlargagina eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda tayinlanadi.
Axloq tuzatish ishlari jazosi—mehnatga qodir, voyaga yetmaganni mehnatga majburan jalb qilishdan iborat. Voyaga yetmaganlarga bu jazo turi bir oydan bir yilgacha muddatga tayinlanadi.
Ozodlikni cheklash —bu jazo voyaga etmagan maxbuslarga nisbatan asosiy jazo chorasi sifatida 6 oydan 2 yilgacha muddatga belgilanadi.
Majburiy jamoat ishlari—faqat mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga nisbatan 60 soatdan 240 soatgacha bo‘lgan muddatga tayinlanadi.
Ozodlikdan mahrum qilish—bu jazo turi voyaga yetmaganlarga nisbatan 6 oydan 10 yilgacha muddatga tayinlanadi. Umuman, ozodlikdan mahrum qilish 13 yoshdan boshlab qo‘llaniladi. Bunda jazolanuvchilarning jinsi ham e’tiborga olinadi. 18 yoshga to‘lmagan erkaklarga ozodlikdan mahrum qilish jazosini umumiy yoki kuchaytirilgan tartibli tarbiya koloniyalarida o‘tash tayinlanadi. Qizlarga nisbatan esa, jazoni umumiy tartibli tarbiya koloniyalarida o‘tash tayinlanadi. Sud voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda, voyaga yetmaganlarning rivojlanganlik darajasi, turmush sharoiti va tarbiyasini, sog‘lig‘ini, katta yoshdagilarning ta’sirini, o‘z xatti-harakati ahamiyatini toʻliq anglamasligi aniqlasa, jazo majburiy chora bilan almashtiriladi. Voyaga yetmaganlarga nisbatan kattalarning (18 yoshdan oshgan) mas’uliyatlari ham oshirilgan. Xususan, kattalar voyaga yetmaganlarni tilanchilikka, spirtli ichimliklar ichishga jalb qilsa 3 yilgacha, giyohvand moddalar iste’mol qilishga jalb qilsa 3 yildan 5 yilgacha, jinoyat sodir etishga jalb qilsa, 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadilar. Muayyan shaxsni, ayniqsa, voyaga yetmagan shaxsni, jinoiy javobgarlikka tortish uchun sodir qilgan jinoyatini isbotlovchi hujjatlar yetarli, asoslantirilgan, yuridik jihatdan ahamiyatga ega bo‘lgan bo‘lishi kerak. Jinoyat qilgunga qadar o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxsning jinoyati haqidagi ishlar bo‘yicha quyidagilar ham aniqlanishi lozim: 1) ayblanuvchining aniq yoshi (tug‘ilgan yili, oyi, kuni); 2) uning shaxsiga xos xususiyatlar va salomatligi holati; 3) uning turmush va tarbiyalanish sharoitlari; 4) katta yoshli dalolatchilar va boshqa ishtirokchilarning bor yoki yo‘qligi.
Voyaga yetmaganning jinoyatlari haqidagi ishni yuritishda qonuniy vakilning yoki vasiylik va homiylik organining vakilining qatnashishi shart. Shu bilan birga voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishda himoyachi ham ishtirok etishi lozim. Voyaga yetmagan gumon qilinuvchini, ayblanuvchini so‘roq qilishga ketgan umumiy vaqt, kun davomida dam olish va ovqatlanish uchun bir soatlik tanaffusni hisobga olmaganda, olti soatdan oshmasligi kerak. Sud voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar ko‘riladigan vaqt va joy haqida ularning ota-onasini, ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarni, voyaga yetmaganlar o‘qigan yoki ishlagan korxonani, muassasani, tashkilotni, voyaga yetmaganlarning ishi bilan shug‘ullanuvchi komissiyani, zarur bo‘lsa, boshqa tashkilotlarni ham xabardor qiladi. Sud bu tashkilotlarning vakillarini, sudlanuvchining vasiy yoki homiysini sud majlisiga chaqirishga haqlidir. Voyaga yetmagan ayblanuvchiga nisbatan qo‘llaniladigan ehtiyot choralari Jinoyat protsessual Kodeksining 236-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘lgan taqdirda ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish voyaga yetmagan shaxsga nisbatan faqat unga besh yildan ortiq muddatga ozodlik dan mahrum qilish tayinlanishi mumkin bo‘lgan qasddan jinoyat sodir etganlikda ayb e’lon qilingan hamda ayblanuvchining munosib xulq-atvorda bo‘lishini boshqa ehtiyot choralari ta’minlay olmaydigan taqdirda qo‘llanilishi mumkin. Voyaga yetmagan shaxsga ayblov e’lon qilish vaqtida himoyachi bilan bir qatorda voyaga yetmagan shaxsning qonuniy vakili ham ishtirok etishi mumkin
Oliy Majlis O‘zbekiston Respublikasining eng yuqori qonun chiqaruvchi organidir. U ikki palatadan iborat: Qonunchilik palatasi (pastki palata) va Senat (yuqori palata). Oliy Majlisning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Qonun chiqarish: Oliy Majlis yangi qonunlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi, shuningdek, mavjud qonunlarga o‘zgartirishlar kiritadi.
2. Budjetni tasdiqlash: Oliy Majlis davlat budjetini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi, bu esa mamlakat iqtisodiy siyosatini belgilaydi.
3. Ijro etuvchi hokimiyatni nazorat qilish: Oliy Majlis hukumat faoliyatini nazorat qiladi va ijro etuvchi hokimiyatning hisobotlarini tinglaydi.
4. Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash: Oliy Majlis xalqaro shartnomalarni tasdiqlash huquqiga ega.
Qonunchilik palatasida 150 deputat bo‘lib qonunchilikda belgilangan tartibda saylovlar orqali saylanadi. Senatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — to‘rt kishidan saylanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘qqiz nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutlaq vakolatlari quyidagilardan iborat:
1) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini, Oliy sudini, Sudyalar oliy kengashini, respublika korrupsiyaga qarshi kurashish organining rahbarini va respublika monopoliyaga qarshi organining rahbarini saylash;
2) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimlariga nomzodlarni ko‘rib chiqish hamda ma’qullash;
3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taklif etilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga nomzod yuzasidan maslahatlashuvlar o‘tkazish;
4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarini tayinlash va ularni lavozimidan ozod etish;
5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish;
6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklarni va boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini tuzish hamda tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;
7) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish;
8) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish;
9) O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarining o‘z faoliyati masalalari bo‘yicha hisobotlarini eshitish;
10) davlat organlarining mansabdor shaxslariga parlament so‘rovini yuborish va parlament nazoratining boshqa shakllarini amalga oshirish;
11) mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga o‘z faoliyatini amalga oshirishda ko‘maklashish;
12) mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining qarorlarini, ular qonunchilik normalariga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, bekor qilish;
13) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisini va uning o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarning raislari va ularning o‘rinbosarlarini saylash;
14) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi masalalarni hal etish;
15) o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;
16) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish;
17) Qonunchilik palatasi tarqatib yuborilgan davrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunlarni qabul qilishga doir vakolatlarini bajarish, bundan Konstitutsiya va konstitutsiyaviy qonunlar mustasno;
18) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati o‘zini o‘zi tarqatib yuborish to‘g‘risida senatorlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan qaror qabul qilishi mumkin.
Oliy Majlisning faoliyati O‘zbekistonning siyosiy hayotida muhim rol o‘ynaydi va mamlakatning rivojlanishida katta ahamiyatga ega.
Oliy Majlis O‘zbekiston Respublikasining eng yuqori qonun chiqaruvchi organidir. U ikki palatadan iborat: Qonunchilik palatasi (pastki palata) va Senat (yuqori palata). Oliy Majlisning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Qonun chiqarish: Oliy Majlis yangi qonunlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi, shuningdek, mavjud qonunlarga o‘zgartirishlar kiritadi.
2. Budjetni tasdiqlash: Oliy Majlis davlat budjetini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi, bu esa mamlakat iqtisodiy siyosatini belgilaydi.
3. Ijro etuvchi hokimiyatni nazorat qilish: Oliy Majlis hukumat faoliyatini nazorat qiladi va ijro etuvchi hokimiyatning hisobotlarini tinglaydi.
4. Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash: Oliy Majlis xalqaro shartnomalarni tasdiqlash huquqiga ega.
Qonunchilik palatasida 150 deputat bo‘lib qonunchilikda belgilangan tartibda saylovlar orqali saylanadi. Senatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — to‘rt kishidan saylanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘qqiz nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari quyidagilardan iborat:
1) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
2) O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlarini, qonunlarini qabul qilish, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
3) xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilish;
4) O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazish to‘g‘risida va uni o‘tkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish;
5) O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish;
6) O‘zbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud hokimiyati organlarining tizimini va vakolatlarini belgilash;
7) O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularning O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarni tasdiqlash;
8) bojxona, valyuta va kredit ishlarini qonun yo‘li bilan tartibga solish;
9) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini qabul qilish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
10) O‘zbekiston Respublikasi davlat qarzining eng yuqori miqdorini belgilash;
11) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qilish;
12) O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yo‘li bilan tartibga solish, chegaralarini o‘zgartirish;
13) tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini hamda chegaralarini o‘zgartirish;
14) davlat mukofotlari va unvonlarini ta’sis etish;
15) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish;
16) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilini va uning o‘rinbosarini saylash;
17) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda urush holati e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonini tasdiqlash;
18) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish yoki tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;
19) O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi har yilgi milliy ma’ruzani eshitish;
20) parlament tekshiruvini o‘tkazish;
21) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Palatalarning birgalikdagi vakolatlariga kiradigan masalalar, qoida tariqasida, avval O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida, so‘ngra Senatida ko‘rib chiqiladi.
Oliy Majlisning faoliyati O‘zbekistonning siyosiy hayotida muhim rol o‘ynaydi va mamlakatning rivojlanishida katta ahamiyatga ega.
«Konstitutsiya» soʻzi lotincha «constitutio» soʻzidan kelib chiqqan bo‘lib, «tuzilish», «asos», «qoidalar to‘plami» degan ma’noni anglatadi. Konstitutsiya — bu davlatning asosiy qonunidir, u davlat tuzilishi, uning organlari, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, davlatning siyosiy va ijtimoiy hayotini tartibga soluvchi asosiy qoidalarni belgilaydi.
Konstitutsiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Davlat tuzilishini belgilash: Davlat organlari va ularning o‘zaro munosabatlarini tartibga soladi.
2. Fuqarolar huquqlarini himoya qilish: Fuqarolar huquqlari va erkinliklarini belgilaydi va ularni himoya qilishni ta’minlaydi.
3. Davlat siyosatini belgilash: Davlatning asosiy maqsadlari va vazifalarini aniqlaydi.
4. Qonun ustuvorligini ta’minlash: Barcha qonunlar va qarorlar Konstitutsiyaga muvofiq bo‘lishi kerakligini belgilaydi.
Shu sababli, Konstitutsiya har bir davlatning asosiy hujjati bo‘lib, uning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayotida muhim rol o‘ynaydi.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan. Ushbu hujjat Oʻzbekistonning davlat tuzilishi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, davlat organlarining faoliyati va boshqa muhim masalalarni belgilaydi.
Konstitutsiyaning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
1. Davlat suvereniteti: Oʻzbekiston mustaqil va suveren davlat sifatida o‘zini tan oladi.
2. Inson huquqlari: Konstitutsiyada inson huquqlari va erkinliklari muhofaza qilinadi va ularning ta’minlanishi davlatning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
3. Demokratik prinsiplar: Oʻzbekiston Respublikasida demokratiya, fuqarolik jamiyati va siyosiy xilma-xillikni rivojlantirishga qaratilgan tamoyillar mavjud.
4. Ijtimoiy adolat: Ijtimoiy adolatni ta’minlash, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash.
Konstitutsiya Oʻzbekistonning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotining asosini tashkil etadi va mamlakatni boshqarish tizimini belgilaydi. U har qanday o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin bo‘lgan asosiy hujjat sifatida xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi prezident Shavkat Mirziyoyev konstitutsiya islohoti haqida 2021-yil 6-noyabr kuni, ikkinchi prezidentlik muddatiga kirishishi yuzasidan inauguratsiya marosimidagi nutqida birinchi marta aytib o‘tgan edi. Davlat rahbari 2021-yili dekabr oyida, konstitutsiya bayrami arafasida xalqqa yo‘llagan tabrigida: “konstitutsiyani yangilashdek g‘oyat muhim, strategik vazifani hal etishda yetti marta emas, yetmish marta o‘ylash” zarurligini ta’kidlagan edi. 2022-yil may oyida konstitutsiyaviy komissiya tuzilib, hujjatni yangilash jarayoni boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 65 foizga yangilandi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri 2023-yil 1-maydan e’tiboran kuchga kirdi. Bunga 2023-yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tgan referendum natijasiga ko‘ra 11 ta moddadan iborat tegishli qonunning qabul qilinishi asos bo‘ldi. Bu qonunning 1-moddasiga Konstitutsiyaning yangi tahriri ilova qilingan.
Ushbu o‘zgarishlar O‘zbekistonning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, quyidagi asosiy jihatlarni o‘z ichiga oladi:
1. Fuqarolar huquqlari va erkinliklarini kengaytirish: Konstitutsiyada fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini yanada kengaytiruvchi qoidalar kiritildi. Masalan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya sohalarida fuqarolar uchun qo‘shimcha kafolatlar belgilandi.
2. Davlat organlari va ularning funksiyalarini takomillashtirish: O‘zbekistonning davlat tuzilishi va organlari faoliyatini yaxshilash maqsadida yangi qoidalar kiritildi. Bu, masalan, sud tizimini mustahkamlash va qonun chiqaruvchi organlarning vakolatlarini kengaytirishni o‘z ichiga oladi.
3. Ommaviy axborot vositalari va fikr erkinligi: Ommaviy axborot vositalarining erkinligini ta’minlashga qaratilgan qoidalar kiritildi. Bu fikr erkinligini oshirish va axborotga bo‘lgan kirishni yaxshilashga yordam beradi.
4. Ekologik huquqlar: Konstitutsiyada ekologik huquqlar va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha yangi qoidalar belgilandi.
5. Yoshlar va ayollarning huquqlari: Yoshlar va ayollarning huquqlarini himoya qilish va ularning ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar belgilandi.
Ushbu o‘zgarishlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini zamonaviy talablarga moslashtirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini yanada mustahkamlash maqsadida amalga oshirilgan. O‘zgarishlar davlatning demokratik rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan muhim qadamdir.
Маълумки, юртимиз мустақилликка эришгандан сўнг барча соҳаларда бўлгани каби суд-ҳуқуқ соҳасида ҳам тизимли равишда ислоҳотлар амалга оширилиб келинмоқда. Ушбу ислоҳотларнинг бош мақсади эса, авваламбор, юридик ва жисмоний шахсларнинг қонунларда мустаҳкамланган ҳуқуқ ва эркинликларини ҳамда манфаатларини қонун йўли билан муҳофаза қилишга қаратилганлиги билан алоҳида диққатга сазовор ҳисобланади.
Оила Кодексининг 49-моддасида, никоҳ қуйидаги ҳолларда ҳақиқий эмас деб топилади, яъни ушбу Кодекснинг 14-16-моддаларида белгиланган шартлар бузилганда, сохта никоҳ тузилганда, яъни эр-хотин ёки улардан бири оила қуриш мақсадини кўзламай никоҳ қайд қилдирганда, никоҳланувчи шахслардан бири таносил касаллиги ёки одамнинг иммунитет танқислиги вируси (ОИВ касаллиги) борлигини иккинчисидан яширганда, агар иккинчиси судга шундай талаб билан мурожаат этса.
Никоҳни ҳақиқий эмас деб топиш фақат суд тартибида амалга оширилади.Никоҳни ҳақиқий эмас деб топиш ҳақида суднинг қонуний кучга кирган ҳал қилув қароридан нусха берилаётганда паспортга ёки шахсни тасдиқловчи бошқа ҳужжатга тегишли белги қўйилади.Никоҳни ҳақиқий эмас деб топиш ҳақида суд чиқарган ҳал қилув қарори қонуний кучга киргач, ўн кун ичида ундан кўчирма никоҳ тузилганлиги рўйхатга олинган жойдаги фуқаролик ҳолати далолатномаларини қайд этиш органига юборилади.
Никоҳ ёшига етмаган шахс билан тузилган никоҳ ҳали никоҳ ёшига етмай никоҳга кирган шахснинг манфаатлари талаб қилган ҳолларда ҳақиқий эмас деб топилиши мумкин. Бундай никоҳни ҳақиқий эмас деб топишни никоҳ ёшига етмай никоҳга кирган шахс, унинг она-отаси ёки ҳомийси, шунингдек васийлик ва ҳомийлик органи ҳамда прокурор талаб қилишга ҳақлидир.Иш судда ҳал қилиниш пайтигача эр ёки хотин никоҳ ёшига етган бўлса, никоҳ фақат унинг талаби билан ҳақиқий эмас деб топилиши мумкин. Эр-хотиндан бири никоҳ ёшига етмаганлиги туфайли никоҳни ҳақиқий эмас деб топиш тўғрисидаги иш, агар эр-хотин (улардан бири) иш судда кўрилаётган пайтда никоҳ ёшига етмаган бўлса, васийлик ва ҳомийлик органининг иштирокида кўриб чиқилади.
Мажбурлаб тузилган никоҳ жабрланувчи (унинг қонуний вакиллари) ёки прокурорнинг аризаси бўйича ҳақиқий эмас деб топилиши мумкин.
Эр-хотин сохта никоҳ қайд қилдирган ва оила қурмаган бўлсалар, никоҳ ҳақиқий эмас деб топилиши мумкин.Сохта никоҳни ҳақиқий эмас деб топишни прокурор талаб қилишга ҳақли, эр (хотин) оила қуриш мақсадисиз никоҳга кирган ҳолларда эса, бундай талаб хотин (эр) томонидан ҳам қўйилиши мумкин.
Суд томонидан ҳақиқий эмас деб топилган никоҳ тузилган вақтидан бошлаб ҳақиқий эмас деб ҳисобланади.
Ҳақиқий эмас деб топилган никоҳ эр-хотин учун ушбу Кодексда белгиланган шахсий ва мулкий ҳуқуқ ҳамда мажбуриятларни вужудга келтирмайди.Никоҳи ҳақиқий эмас деб топилган шахсларнинг мулкий ҳуқуқий муносабатлари Ўзбекистон Республикаси Фуқаролик кодекси билан тартибга солинади.
Никоҳнинг ҳақиқий эмас деб топилиши шундай никоҳдан туғилган ёки никоҳ ҳақиқий эмас деб топилган кундан кейин уч юз кун ичида туғилган болаларнинг ҳуқуқларига таъсир этмайди.
Суд никоҳни ҳақиқий эмас деб топиш тўғрисида ҳал қилув қарори чиқаришда шундай никоҳ тузилиши билан ҳуқуқи бузилган эр (хотин)ни (инсофли эр (хотин)ни) ушбу Кодекснинг 118 ва 119-моддаларига мувофиқ хотин ёки эридан таъминот олиш ҳуқуқига эга деб топишга ҳақлидир, никоҳни ҳақиқий эмас деб топиш вақтига қадар биргаликда орттирилган мол-мулкни бўлишга нисбатан эса, ушбу Кодекснинг 23, 27 ва 28-моддаларида белгиланган қоидаларни татбиқ этишга, шунингдек никоҳ шартномасини тўла ёки қисман ҳақиқий деб топишга ҳақлидир.
Инсофли эр (хотин) ўзига етказилган моддий ва маънавий зарарни қоплашни фуқаролик қонун ҳужжатларида назарда тутилган қоидалар бўйича талаб қилишга ҳақли эканлиги қонунда белгилаб қўйилган.
Бухоро вилоят маъмурий судининг судьяси
Муллабаева Гўзал Мухтаровна
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган 2025 | Бухоро вилоят маъмурий суди